Xalqaro sport arbitraj sudi: "Bunyodkor" Javlon Ibrohimov oldidagi qarzini to'laydi"
26 apr 2023 19:57
Yangiliklar
Xalqaro sport arbitraj sudi: "Bunyodkor" Javlon Ibrohimov oldidagi qarzini to'laydi"
Bu haqda O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari malum qildi.
Xalqaro sport arbitraj sudi (CAS) "Bunyodkor" klubining Javlon Ibrohimov oldidagi moliyaviy majburiyatlari bajarishi lozimligini haqida qaror qabul qildi. Bu haqda O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev o'zining instagramdagi sahifasida malum qilgan.
"Yana bir xushxabar! Kuni kecha Xalqaro arbitraj sudi "Bunyodkor" klubining futbolchimiz Javlon Ibrohimov oldidagi moliyaviy majburiyatini bajarishi to'g'risidagi O'FA qarori ustidan kiritgan shikoyati yuzasidan qaror qabul qildi. Unga ko'ra, qaror o'zgarishsiz qoldirilib, klub futbolchimiz oldidagi majburiyatini bajarishi lozim", -deb yozadi Kamoliddin Murzoev.
Fikrlar