So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Xalqaro maydon: "SHerlar"imiz muvozanatni o'zgartira olishadimi? Yangiliklar

Xalqaro maydon: "SHerlar"imiz muvozanatni o'zgartira olishadimi?

Teglar :  "Paxtakor" OCHL
Xabaringiz bor, tez orada OCHL o'yinlari (g'arb mintaqasi) Qatarda davom ettiriladi.

Turnirda yurtimiz sharafini faqat Toshkentning "Paxtakor"i himoya qilyapti. Yil avvalida o'tkazilgan dastlabki turlardagi muvaffaqiyati orqali SH. Arveladze shogirdlari ko'nglimizga umid bag'ishladi. Bu haqida keyinroq so'z yuritamiz. Keling, hozir yaqin tarixga yuzlanamiz.

Klublar va terma jamoamizning Osiyo maydonlaridagi so'nggi muvaffaqiyatiga 9 yil to'ldi. So'nggi yillar jamoalarimizning xalqaro turnirlardagi ishtirokini kuzata turib, futbolimiz kundan-kunga bo'g'ilib borayotganini fahmlab, achinib ketasan kishi. Milliy jamoamizning anchadan buyon maqtansa arzigulik natijaga erisholmayotgani, klublarimizning Osiyo CHempionlar Ligasida hech narsa qilolmayotgani va buning oqibatida bizga tegadigan kvota (o'rin)lar qisqarishi evaziga boshqa mamlakatlarga ko'proq yo'llanma nasib etayotgani... Ochig'i, OCHLda qatnashayotgan kam sonli jamoalarimizning ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganiga qaramay, mamlakat bosh jamoasidan natija talab qilishda mantiq yo'q. Xalqaro maydondagi muvaffaqiyat uchun Xorvatiya singari "yulduzlar fabrika"siga ega bo'lishimiz yoki kuchli chempionat, jamoalarimiz bo'lishi kerak. Bu ham o'z navbatida yaxshigina tizimni talab qiladi. Afsuski, ortda qolgan yillar davomida na tizim yaratildi, na uni yaratishni maqsad qilganlarga xotirjam, bemalol ishlashi uchun imkon berildi. Mayli, so'ngan umidlar, chala qolgan rejalar o'z yo'liga... 

Xullas, so'nggi yillarda qitada bizdan hayiqmay qo'yishgani bor gap. Klublarimizning OCHLdagi mavqei keskin pasaygani - ayni haqiqat. Pasayish darajasini bilish uchun oxirgi 5 mavsumda guruh bosqichida necha ochko to'plaganimizni hisoblab chiqishimiz kifoya qiladi.

OCHL-2015. Turnirning guruh bosqichida 4 ta klubimiz ishtirok etdi. "Tinib-tinchimas" kvartet yoxud to'rtovlon raund yakuniga qadar birgalashib, 19 ochko oldi ("Nasaf" - 8 ta, "Paxtakor" - 6 ta, "Lokomativ" - 4 ta, "Bunyodkor" - 1 ta). Tasavvur qiling, Evropada shu kabi holat Ispaniya yoki Angliya klublari bilan sodir bo'lsa, chinakam sharmandalik o'laroq qabul qilinadi. Malumot o'rnida aytish kerak, o'sha mavsum musobaqada 2 klub bilan ishtirok etgan Qatar futboli naq 23 ochkoga ega chiqdi. Yani "Lahviya" va "Al-Sadd" jamoalari guruh raundida 36 imkoniyat (12ta o'yin)dan shuncha ball to'plagandi. Endi 1 ta jamoaga to'g'ri kelgan o'rtacha ochko miqdoriga qarang: O'zbekiston - 4,7, qatar - 11,5 ta. Izoh ortiqcha...

OCHL-2016. Turnirning asosiy bosqichiga bizdan yana o'sha kvartet yo'l oldi - oxirgi marta. Har tugul bu safar umumiy natija biroz yaxshilandi - jami 28 ochko ("Lokomativ" - 10, "Paxtakor" - 10, "Nasaf" - 5, "Bunyodkor" - 3 ta). Lekin o'rtacha ko'rsatkich past bo'ldi, baribir. Yani har bir vakilimiz hisobiga 7 ochkodan to'g'ri keldi. 6 o'yin uchun juda oz... Deylik, mavsum-2016 da Eron futboli sharafini himoya qilgan 3 klub birgalikda 29 ochko to'pladi. O'rtada yana kattagina tafovut...

OCHL-2017. Klublarimizdan atigi 2 tasi guruh bosqichiga qo'shildi. Biroq son kamayishi sifat oshishiga olib kelgani yo'q. Axir vakillarimiz 12 ta o'yinda bor-yo'g'i 8 ochko olish bilan kifoyalanishgan edi. Etibor bering, 36 imkoniyatdan, demakki, jamoalarimiz mavjud ochkolardan 25 foizini ham o'zlashtirolmagan. O'sha yili guruh raundida Qatar ham 2 ta klub bilan ishtirok etgan - "Lahviya" va "Al-Rayyan". Ular yakunda birgalishib 21 ochkoga ega chiqishdi. Bundan tashqari, futboli biznikidan ancha orqada deb o'ylaydiganimiz Tailand sharafini himoya qilgan "Muangtong" klubining bir o'zi ikki vakilimiz bilan teng miqdorda ochko to'plaganiga nima deysiz?

OCHL-2018. "Lokomotiv" 7, "Nasaf" esa 10 ochko to'plab, guruhda qolib ketgandi. Ha, "ajdarlar"­ga biroz achinish mumkindir. Har holda, ular mavjud 18 ochkoning yarmidan ko'prog'ini o'zlashtirishdi. Biroq amaldagi chempion sifatida o'ynagan "Loko"ning o'ta past natijasi o'rtacha ko'rsatkich haminqadar bo'lib qolishiga olib keldi, baribir.

OCHL-2019. O'tgan mavsum "Paxtakor" yana Osiyo CHempionlar Ligasiga qaytdi. Juda kuchli tarkib bilan. SHunga muvofiq, "sherlar"dan ko'p narsa kutdik, jamoaga katta umid bog'ladik. Ammo o'ta murakkab guruhdan joy olgan SHota Arveladze jamoasiga ozgina omad yoki tajriba etishmadi.  "Lokomotiv" esa nisbatan engilroq kvartetda o'ynagan bo'lsada, yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. SHu tariqa vakillarimiz birgalikda 15 ochko olishdi, xolos ("Paxtakor" - 8, "Lokomativ" - 7). Qisqasi, o'rtacha ko'rsatkich pastligicha qolaverdi.

Umumiy manzara. Oxirgi 5 yillikda klublarimiz OCHL guruh bosqichida jami 84 ta o'yin o'tkazdi. Jami ochkolar soni esa atigi 87 ta. 252 imkoniyatdan 87 ochko. Xulosa o'zingizdan. Jamoalarimiz yana gol urish va himoya­lanish bobida oqsash bo'yicha master-klass namoyish qilishgan. Raqamlarda aytsak, vakillarimiz 84 uchrashuvda jami 94 ta gol urib, 122 ta qo'yib yuborishdi. Solishtirish uchun, koreys klublari natijasiga qaraymiz: 360 imkoniyatlardan 188 ochko. Xitoy jamoalarining o'rtacha ko'rsatkichi ham chakki emas - 342 imkoniyatdan 187 ochko.

Milliy jamoamizlari mundial yo'llanmasi yo'lida asosiy raqiblarimizga aylanadigan boshqa mamlakatlar vakillari ham bu borada bizdan sezilarli farq bilan oldinlab ketishdi. Oddiy va achchiq xulosa shunday bo'lmoqdaki, futbolimiz qitadagi raqiblardan barcha sohalarda ortda qolmoqda, o'rtamiyonalar safiga qo'shildik. Hech kim hayiqmay qo'ydi. Tishsiz yirtqichdan kim ham qo'rqardi?

Yuqoridagi faktlarga etibor qaratsak, ayni paytda klublarimiz qita miqyosida autsayderlar qatorida turishadi. Ammo SHota Arveladze yigitlarida vaziyatni o'zgartirib yuborish imkoniyati mavjud. "Paxtakor" atigi 8 o'yin orqali Osiyo grandiga aylanishi mumkin. Buning uchun "sherlar"da barcha imkoniyatlar etarli. 

Jamoa posboni Eldorbek Suyunovning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik. Golkiper "Paxtakor"ning birinchi maqsadi guruhdan chiqish va imkon qadar uzoqroqqa borish ekanini takidladi va bu yil musobaqada hamma narsa bo'lishi mumkinligi, taxminlar aniq o'zini oqlamasligi borasida gapirdi. 

Biz esa vakillarimizga omad tilagan holda voqealar rivojini kuzatamiz. 

Darvoqe, "Paxtakor" futbolchilari musobaqada ishtirok etish uchun 10 sentyabr kuni Doxaga uchib ketishadi. O'zbekiston chempioni 14-23 sentyabr kunlari oralig'ida guruh bosqichining so'nggi 4 ta uchrashuvini o'tkazadi.


14 sentyabr
"Al Hilol" - "Paxtakor"

17 sentyabr
"Paxtakor" - "Al Hilol"

20 sentyabr
"SHabab Al Ahli" - "Paxtakor"

23 sentyabr
"SHahr Xodro" - "Paxtakor"


1/8 final
26 va 27 sentyabr

1/4 final
30 sentyabr

Yarim final
3 oktyabr

Final
5 dekabr


To'liq taqvim bilan ushbu HAVOLA orqali tanishish mumkin. 

Muallif :
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика