So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  37 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  4 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  62 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Xakim Fuzaylov: "Messi yoki Ronaldu ham penaltidan foydalana olmagan o'yinlar bo'ladi" Yangiliklar

Xakim Fuzaylov: "Messi yoki Ronaldu ham penaltidan foydalana olmagan o'yinlar bo'ladi"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Xorazm" - OKMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Xakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biz qiyin o'yin bo'lishini kutgandik. OKMK hujumkor jamoa, biz ularga qarshi tura olish uchun bir nechta rejalarni ishlab chiqdik. Vaziyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Futbol shunaqa o'yin, raqib so'ngi daqiqadagi imkoniyatidan foydalandi va g'alabani qo'lga kiritdi. OKMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- Penalti haqidagi fikringiz qanday? Dilshod Jo'raev tepishni o'zi hohladimi yoki murabbiylar shtabining qarori shunday edimi?

- Mashg'ulotlarda ishlaymiz, penaltilarni hamma ham amalga oshirishi mumkin. Kim ruhan tayyor bo'lsa, o'ziga ishonsa, o'sha tepadi. Bu lotoreya, bo'lib turadigan holat. Kerak bo'lsa, Messi yoki Ronaldu ham penaltidan foydalana olmagan o'yinlar bo'ladi.

- Aprel oyida tig'iz taqvim bo'ladi. Jamoangiz tiklanishi va zaxiralar bo'yicha qanchalik qiyinchiliklarga duch kelayapsiz?

- Bu albatta qiyin. Superliga va kubok o'yinlarini o'tkazayapmiz. Tiklanish oson bo'lmaydi. Lekin OKMK jamoasida ham ayni shu holat. Mag'lubiyat uchun sabab sifatida buni ko'rsatmoqchi emasman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика