Xakim Fuzaylov: "Jamoa yutqazsa, barcha masuliyat murabbiy zimmasiga tushadi"
25 may 2022 22:04
Yangiliklar


Xakim Fuzaylov: "Jamoa yutqazsa, barcha masuliyat murabbiy zimmasiga tushadi"
- O'yin haqida
- Og'ir o'yin o'tkazdik. Bugungi uchrashuv qiyin o'tishi avvaldan malum edi. Boisi "Mashal" ketma-ket 3 ta turdan buyon mag'lub bo'layotgandi. Bugun ular maydonda borlarini berib g'alabaga harakat qilishlarini bilardik.
Jamoa yutsa, yutuq hammaniki. Yutqazsa, barcha masuliyat murabbiyning zimmasiga tushadi. Qo'lni tushirmaymiz, kurashishda davom etamiz. CHempionatning endigina 2-davrasi boshlandi, oldimizda uzoq mavsum kutib turibdi.
- Darvozabon almashtirilishi nima bilan bog'liq? Uning o'yinidan qoniqmadingizmi yoki bunga jarohat sabab bo'ldimi?
- Yo'q, darvozabon o'yinni yaxshi o'tkazayotgandi. U o'sha penalti belgilangan vaziyatda hujumchi bilan to'qnashib ketib jarohat oldi. SHu bois uning o'rniga Qobuljonovni tushirdik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar