So’nggi yangiliklar

09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  13 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  3 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  3 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  15 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2

Xakam "Navbahor" - "Paxtakor" o'yinida xato qildimi? Rossiyalik ekspertdan Superliga 16-tur hakamligi tahlili Yangiliklar

Xakam "Navbahor" - "Paxtakor" o'yinida xato qildimi? Rossiyalik ekspertdan Superliga 16-tur hakamligi tahlili

Hissiyotlar bo'ronini keltirib chiqargan ko'plab qarorlar.

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliga 16-tur o'yinlaridagi eng bahsli va hakamlarning rezonansli qarorlarini tahlil qildi.


✅ "Navbahor" - "Paxtakor"

VIDEO

Eng muhimi "Paxtakor" o'yinchisi to'pga o'ynashga ulgurmoqda. "Navbahor" o'yinchisining oyog'i bilan bo'lgan kontakt to'liq tabiiy: himoyachi to'pga talpinmoqda va unga o'ynamoqda, unga beli bilan turib olgan hujumchi esa buni ko'rmayapti va kichik qarshi harakat qilmoqda. Menimcha, bu penalti belgilash uchun yaqqol etarli emas. O'yinni davom ettirish kerak.


❌ "Navbahor" - "Paxtakor"

VIDEO

"Paxtakor" o'yinchisi avvaliga to'pga yuqoridan oyog'i bilan tushmoqda va muvozanatini yo'qotishni boshlamoqda. Agar stop-kadrga qarasak, ushbu vaziyatda "Navbahor" o'yinchisining kurashga kirishishi juda qattiq: oyoq yuqori ko'tarilgan, tezlik bor, to'pga o'ynash esa yo'q. SHu bilan birga, "Paxtakor" o'yinchisining o'zi to'pni bosib olgani uchun qulashni boshlamoqda. Ammo, bu qo'pol o'yin uchun "Navbahor" o'yinchisiga baribir sariq kartochka ko'rsatish. Zaxira hakami yakkakurashning bunday tafsilotlari haqida bosh hakamga aytishi shart edi.


✅ "Nasaf" - "Buxoro"

VIDEO

Qo'pol o'yin uchun aniq sariq kartochka. Ha, "Buxoro" futbolchisi orqadan oyoq va biroz yondan tashlangani bilan juda qo'pol o'ynadi, ammo o'ta dahshatli emas. Oyoqlar maysada, quroldek tishlar yo'q, sakrash va parvoz bosqichi yo'q. Hakam sariq kartochka ko'rsatib to'g'ri qildi, ammo VAR vaziyatga aralashib xato qildi.


❌ OKMK – "Olimpik"

VIDEO

Qiyin vaziyat. Darvozabon va hujumchi to'pga qaraganliklari sabab bir-birlarini ko'rishmayapti va ikkisi ham unga o'ynamayapti, to'p esa ulardan o'tib ketmoqda. Buni o'yindagi to'qnashuv deb hisoblayman, sababi OKMK o'yinchisining (sakrash va oyoq tizzasiga yuqori ko'tarilish) kurashga qo'shilish harakati darvozabon uchun xavfli. SHuningdek, "Olimpik" darvozabonining harakatlari ham raqib uchun xavfli. Ushbu vaziyatning ikki ishtirokchisi ham qarama-qarshi harakatlanmoqda va "peshona-peshonaga" to'qnashuvi sodir bo'lmoqda. Takrorlayman: ulardan hech birining to'pga o'ynamagani, u esa o'tib ketgani muhim. O'yinni davom ettirish kerak edi, hakam ushbu vaziyatda penalti belgilab xato qildi.


❌ OKMK – "Olimpik"

VIDEO

Qo'pol o'yin uchun so'zsiz sariq kartochka. OKMK o'yinchisi to'p uchun kurashda yuqori ko'tarilgan qo'llaridan foydalanmoqda va "Olimpik" himoyachisining bosh qismiga tegmoqda. Assistent bunday vaziyatlarda yordam berishi shart. OKMK futbolchisiga ogohlantirish ko'rsatish kerak edi, hakam xatoga yo'l qo'ydi.


✅ OKMK – "Olimpik"

VIDEO

OKMK o'yinchisi raqib oyog'i ostida to'pni chiqarib yuborish uchun tashlanishga urinishda aniq o'ynamayapti, unga ulgurmayapti va yondan oyoqlari bilan raqibga tegmoqda. SHuningdek, oyoq yuqori ko'tarilmoqda, tishlar yo'q, sakrash va parvoz bosqichlari yo'q. Qo'pol o'yin uchun sariq kartochka, vaziyat chetlatishga tortmaydi. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.


✅ OKMK – "Olimpik"

VIDEO

Ushbu qo'pol o'yin uchun ham OKMK futbolchisiga so'zsiz sariq kartochka. O'yinchi kechikkan holda ehtiyotsizlik bilan raqibga qadar tashlangacha etib bormoqda. OKMK himoyachisining oyoqlari tushirilgan, tishlar yo'q, oyoqlar maysadan yuqori ko'tarilmagan. Hakamning to'g'ri qarori, VAR to'g'ri vaziyatga aralashmadi.


✅ "Neftchi" - "So'g'diyona"

VIDEO

Birinchi etibor qaratgan narsam, uzatma vaziyati chizig'idan 3-4 metr ortda qolib ketgan hakam yordamchisining dahshatli poziciyasi. "Neftchi" hujumchisi baribir "So'g'diyona" himoyachisidan biroz oldinda turgandek, bundan tashqari kamera burchakdan. Agar kamera chiziqda bo'lganida, bu yaqqol o'yindan tashaqri holat bo'lgan bo'lardi deb o'ylayman. VAR bunday kameralar bilan hakamlarning har qanday qarorlarida aralasha olmaydi. SHunday ekan, "Neftchi"ning goli to'g'ri bekor qilindi.


✅ "Neftchi" - "So'g'diyona"

VIDEO

VAR'ning yaxshi aralashuvi. Jarayondagi qiyin vaziyat, ammo takroriy vaziyatdan malumki, "Neftchi" o'yinchisi "So'g'diyona" darvozaboni to'pga ega chiqayotgan paytda qo'li bilan atayin to'pga o'ynamoqda va urib yubormoqda, shundan so'ng u darvoza to'ridan joy olmoqda. "Neftchi" hujumchisining sportga xos bo'lmagan harakatlari uchun sariq kartochka va golning bekor qilinishi.


✅ "Neftchi" - "So'g'diyona"

VIDEO

Hakamlarning "Neftchi" futbolchisiga qo'pol o'yin uchun ikkinchi sariq kartochka berishini qo'llab-quvvatlagan bo'lardim. O'yin yakunlanishi va maydondagi hakam o'yindagi hissiyotlarni sezib turibdi. O'yin so'nggi yuqori cho'qqisiga chiqqan va u janjalga aylanib ketmasligi uchun bunday vaziyatlarni aniqlash va jazolash kerak. "Neftchi" o'yinchisi beparvolik bilan "So'g'diyona" himoyachisi to'pni oldinga tepib yuborgan payt vaziyatni oxirigacha o'ynamoqda. Hakam "Neftchi" o'yinchisi uchun ikkinchi bo'lgan sariq kartochkani berib to'g'ri qildi.


❌ "Surxon" - "Turon"

VIDEO

Hakamlar avvaliga "Surxon" o'yinchisining raqib tanasiga qilgan kichik folini o'tkazib yuborishdi. Ushbu dastlabki vaziyatdagi reakciya muhim edi. Ammo, "Turon" o'yinchisi fol aniqlanmaganini ko'rdi, shu sabab "samosud" uyushtirishga qaror qildi va bilgan holda raqibning tanasiga o'ynadi. Bu vaziyatni tajovuzkor deb bo'lmaydi, sababi qo'llar harakati va zarbaga urinish bo'lmadi. SHuningdek, haddan tashqari tajovuz va kontakt tezligi yo'q edi. Optimal qaror "Turon" foydasiga jarima zarbasi belgilash va "Turon" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatish bo'lgan bo'lardi deb o'ylayman. Menimcha, VAR vaziyatga aralashishi mumkin edi, sababi hakamlar vaziyatning barcha tafsilotlarini ko'rishmagandek edi.


✅ "Surxon" - "Turon"

VIDEO

Menimcha, "Surxon" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatilib to'g'ri qilindi. U orqadan tezlik bilan raqibga sakramoqda va uning bo'yin va bosh qismiga to'g'ri kelmoqda, bu esa ushbu vaziyatda xavflidir, sababi "Turon" o'yinchisi uni ko'rmayapti. Bundan tashqari, "Turon" futbolchisi to'pga bosh bilan birinchi o'ynamoqda. "Surxon" o'yinchisi vertikal sakraganda savollar bo'lmagan bo'lardi. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.


✅❌ "Qizilqum" - "Metallurg"

VIDEO

Menimcha, hakamlar "Metallurg" foydasiga to'g'ri jarima zarbasi belgilashdi. "Qizilqum" himoyachisi tomonidan raqibga odatiy zarba berishga o'xshaydi. Takroriy vaziyatlarning birida holat jarimaga qadar bo'lgani aniq ko'rinmoqda. Hakam ozmi-ko'pmi optimal poziciyada edi. SHuningdek "Qizilqum" futbolchisiga qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatish kerak edi, hakam esa buni qilmadi. U bunda xatoga yo'l qo'ydi, ammo vaziyatning o'zini to'g'ri hal qildi.


✅ "Qizilqum" - "Metallurg"

VIDEO

Hakam "Metallurg" foydasiga penalti belgilab, VAR esa vaziyatga aralashib to'g'ri qildi. "Qizilqum" o'yinchisiga sportga xos bo'lmagan harakati (libosdan tortish, o'yinga hurmatsizlik) uchun to'g'ri sariq kartochka ko'rsatildi. U kurashda uzoq vaqt atayin libosdan tortdi va bu bilan raqibni ushlab turdi. Penalti belgilab to'g'ri qilindi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика