Xafa bo'lgan Naynggolan faoliyatini yakunladi
21 may 2018 18:09
Yangiliklar


Xafa bo'lgan Naynggolan faoliyatini yakunladi
"Roma" yarim himoyachisi Raja Naynggolan "Instagram"dagi sahifasi orqali terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida elon qildi.
Bugun, 21 may kuni Belgiya terma jamoasining JCH-2018 uchun kengaytirilgan tarkibi elon qilindi va unda Naynggolanga joy topilmadi.
"Xalqaro faoliyatim yakuniga etgani haqida elon qilmoqchiman. O'z mamlakatim sharafini himoya qilish uchun doimo bor kuchimni ishga solganman. Afsuski, bazilarni o'zliging qoniqtirmaydi. Bugungi kundan Belgiya terma jamoasining asosiy muxlisiga aylanaman" - deb yozdi Naynggolan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar