So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Xadzipanagis, Odemvingi, Popadopulos, Braun yoxud O'zbekistonda tug'ilgan mashhurlar Yangiliklar

Xadzipanagis, Odemvingi, Popadopulos, Braun yoxud O'zbekistonda tug'ilgan mashhurlar

Ko'pchilik sarlavhada nomlari keltirilgan futbolchilarning o'zbek futboli va O'zbekistonga qanday aloqasi borligi haqida bosh qotirayotgan bo'lishi mumkin.

CHunki maqola milliy futbolimizga oid mavzular orasidan o'rin olgan. Turli tarixiy voqea va faktlarni keltirib o'tishni asta-sekin ananaga aylantirib boryapmiz. Bu safar O'zbekistonda tavallud topgan, biroq taqdir taqozosi bilan keyinchalik boshqa mamlakat klublari hamda terma jamoalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan o'yinchilar haqida to'xtalib o'tishni lozim topdik.

Ularni ketma-ketlikda, yani davrlarga moslagan holda keltirib o'tamiz. Dastlab Sobiq Ittifoq davrida o'ynagan futbolchilar xususida malumot beramiz.

VASILIS XADZIPANAGIS
Tug'ilgan sanasi:
26.10.1954
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: yarim himoyachi
Jamoalari: 1972–1975   “Paxtakor” 96    (22)
1975–1990   “Iraklis” 281 (62)
Greciya terma jamoasida 2 uchrashuvda o'ynagan.

Vasilis 1954 yil 26 oktyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. Uning ota-onasi greciyalik siyosiy immigrantlar bo'lib, 1949 yilda Toshkentga ko'chib kelishgan. U futbol borasidagi ilk saboqlarini “Dinamo” futbol maktabida olgan. O'sha paytda bu jamoa tarkibida mahoratli futbolchilar jamlangandi. 1972 yilda esa u “Paxtakor”ga ko'chib o'tgan va 17 yoshidayoq jamoaning asosiy tarkibidan o'rin egallagan. Yaxshi o'yin namoyish qilgani sababli unga “Xo'ja” va ismini qisqartirib, “Lakis” laqablarini berishgan. 1972 yil birinchi ligada 19 uchrashuvda 4 to'p kiritgan Xadzipanagis oliy ligadagi debyutini Doneckning “SHaxtyor” klubiga qarshi o'tkazib, birinchi golini nishonlagan. O'sha bahsda “Paxtakor” 4:2 hisobida g'alaba qozongan. Toshkentda 1975 yilgi mavsum oxirigacha o'ynagan Lakis keyinchalik Greciyaga ko'chib ketadi. SHu tufayli u terma jamoalar miqyosida yaxshi natijalarga erisha olmadi. CHunki Xadzipanagis SSSR terma jamoasi uchun Konstantin Beskov murabbiyligi davrida Polshada o'tkazilgan turnirda mezbonlar termasiga qarshi maydonga tushgan. Keyin Greciyaga ko'chib o'tgach, o'rtoqlik uchrashuvida aynan polyaklarga qarshi maydonga chiqib kelgan. Uni tanib qolishib, bu haqida FIFAga arz qilishgan. Natijada FIFA Xadzipanagisga Greciya terma jamoasi uchun o'ynashni man qilgan. O'sha paytda FIFA ikki terma jamoa safida o'ynashga umuman ruxsat bermagan. Qolaversa, Monreal Olimpiadasining saralash bosqichida to'rt uchrashuvda ishtirok etgan Lakis Greciyaga ko'chib ketgani sababli final bosqichiga bora olmagan. O'shanda olimpiyachilar bronza medalllarini qo'lga kiritishgan. Greciyaga qayta ko'chib borayotgan immigrantlar oilasi azosi sifatida ro'yxatdan o'tgani sababli qadrdonlari yashaydigan Saloniki shahrining “Iraklis” jamoasida o'ynay boshlagan. U vaqtda Greciyada futbolchilar klublar bilan 10 yillik shartnomalarga imzo chekishardi. SHu sababli Vasilis bu narsani bekor qilishni so'rab, sudga murojaat qilgan va “Bosman ishi” yuzaga kelishi asoschilaridan biri ham bo'lgan. Afsuski, keyin “Iraklis” apellyaciya natijasida bu ishda yutib chiqqan. Qolaversa, Saloniki jamoasi rahbariyati Xadzipanagisni boshqa klublarga sotishga ham rozi bo'lmagan. CHunki moliyaviy muammolar aynan Lakis tufayli echim topgandi. O'shanda uy uchrashuvlariga keladigan ishqibozlar soni 2-3 mingdan tezlik bilan 15 mingga ko'tarilgan. 1976 yil “SHtutgart”, “Kosmos” va “Arsenal” klublari uni sotib olishni xohlashgan. “Kosmos” unga o'sha paytda rekord miqdordagi mablag' sanalgan million dollar to'lashga rozi bo'lgandi. Biroq bazi muammolar tufayli u faoliyatini “Iraklis”da yakunlagan.


1984 yil Xadzipanagis jahon yulduzlar terma jamoasi safida harakat qilgan. “Kosmos” bilan o'tgan bellashuvda u jahon yulduzlari uchun Bekkenbauer, Kempes, SHilton va Kigan singari o'yinchilar bilan birga harakat qilgan. AQSHda bo'lib o'tgan uchrashuvda u “Paxtakor” futbolchisi sifatida maydonga tushirilgan. Uning harakatlarini kuzaish uchun grek millatiga mansub 15 mingdan ortiq ishqiboz stadionga kelgan. Greciya terma jamoasi tarkibida esa 1999 yil, 45 yoshida yagona uchrashuvini o'tkazgan! Uning terma jamoa uchun hech bo'lmasa bir marta o'ynashini butun mamlakat istagani tufayli Lakis Ganaga qarshi bahsning oxirgi 25 daqiqasida to'p tepgan va golli pas muallifi bo'lgan.

1976 yil “Iraklis” bilan Greciya Kubogiga erishgan Lakis 2003 yil Greciyaning oxirgi ellik yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Sovrinni qabul qilib olar ekan, Xadzipanagis terma jamoa uchun o'ynay olmagani va xorij klublarida to'p tepmaganidan afsusda ekanligini takidlagan.

Giorgos KOSTIKOS
Tug'ilgan sanasi:
26.04.1958
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: hujumchi
Jamoalari: 1975–1977   “Pierikos” 51 (13)
1977–1986   PAOK 233 (78)
1986–1987   “Olimpiakos” 20 (5)
1987–1988   “Diagoras” 19   (6)
Greciya terma jamoasida 35 uchrashuvda 3 gol urgan.

Kostikos 1958 yilning bahorida Toshkentda dunyoga kelgan. Yoshligida uning oilasi Greciyaga ko'chib ketadi. Natijada Giorgos 17 yoshdayoq “Pierikos” jamoasi bilan shartnoma tuzgan va o'sha paytlar uchun juda yosh bo'lishiga qaramay, asosiy tarkibda maydonga tushishni boshlagan. Ikki mavsumdan so'ng mamlakatning eng taniqli klublaridan biri sanalgan PAOK safiga ko'chib o'tgan. Aynan ushbu jamoada u faoliyatining asosiy damlarini o'tkazgan. Futboldan ketishdan oldin ozroq “Olimpiakos” va “Diagoras” tarkibida o'ynagan. Greciya termasida 35 uchrashuvda maydonga tushirilgan. Uni afsonaviy o'yinchilardan biri deb aytib bo'lmas, lekin grek futbolida o'ziga yarasha nom qoldira olgan.

Dimitris MAVROGENIDIS
Tug'ilgan sanasi:
23.12.1976
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: himoyachi
Jamoalari: 1994–1997   “Aris” 83 (12)
1997–2006   “Olimpiakos” 201 (10)
2006–2008   “Iraklis” 46 (0)
2008–2009   “Trasvulos” 21 (0)
Greciya terma jamoasida 24 o'yinda 1 gol urgan.

Greciya futbolida nomi chiqqan va O'zbekistonga bog'liq yana bir futbolchi. Dimitris 1976 yil Toshkentda tavallud topgan. Futboldagi faoliyatini boshlaganda esa Greciyaga ko'chib ketib ulgurgandi. U 1994-2009 yillar oralig'ida “Aris”, “Olimpiakos”, “Iraklis” va “Trasvulos” klublari sharafini himoya qilgan. Agar u O'zbekistonda yashab qolganda mustaqillikka erishgan davrimizda terma jamoamizga katta yordami tegishi mumkin edi. CHunki “Olimpiakos”dek etakchi jamoa safida deyarli 10 yil faoliyat olib borgan va yaxshi saviyada o'ynagan. Greciya termasida Mavrogenidis 24 uchrashuvda maydonga tushgan.


Andrey PYATNICKIY
Tug'ilgan sanasi:
27.09.1967
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: yarim himoyachi
Jamoalari: 1984 “Start” 2 (0)
1985   “Paxtakor” 21   (0)
1986–1987   CSKA 32 (5)
1988–1991   “Paxtakor” 120 (25)
1992–1997   “Spartak” 100   (17)
1998   “Sokol” 2 (1)
Rossiya terma jamoasida 10 uchrashuvda 2 gol urgan. O'zbekiston termasida 2 bahsda maydonga tushgan.

Pyatnickiyni to'liq xorijlik maqomiga kiritish qiyin. CHunki u yoshligidan Toshkentda voyaga etgan, shu erda futbol sirlarini o'rgangan. “Start”dan so'ng “Paxtakor” va CSKA jamoalari sharafini himoya qilgan. Sobiq Ittifoq parchalangan paytda u hamon “Paxtakor”da o'ynardi. Milliy terma jamoamiz uchun 2 uchrashuvda maydonga tushib ulgurgandi ham. O'sha paytda unga “Spartak”dan taklif bo'ldi. Moskvaliklar barcha mamlakatlarning eng yaxshi futbolchilarini o'z tarkiblariga yig'ishni boshlashgandi. Bundan tashqari, Rossiya terma jamoasi ham shunday yo'l tutib, terma jamoa avvalgi nomzodlar evaziga shakllantirilgan. Natijada Andrey “Spartak” va Rossiya terma jamoasini tanlagan. Moskva klubi safida u qator yutuqlarga erishib, Evrokuboklarda yodda qolarli uchrashuvlar o'tkazdi. Qolaversa, 1994 yil AQSHda bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Uning yordami o'zimizga ham foydali bo'lardi, biroq Pyatnickiy Rossiya uchun o'ynashni afzalroq bilgan.


Valeriy KECHINOV
Tug'ilgan sanasi:
05.08.1974
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: yarim himoyachi
Jamoalari: 1992–1993   “Paxtakor” 38    (30)
1993–2000   “Spartak” 115 (36)
2001   “Saturn” 24 (9)
2002–2004   “SHinnik” 54 (11)
O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari safida o'ynagan.

Valeriy Kechinovning taqdiri xuddi Pyatnickiynikiga o'xshash. “Paxtakor” safida bir yarim mavsum ishonchli o'ynab, ko'pchilikning etiboriga tushgan Kechinovni ham “Spartak” o'z safiga chorlagan. Valeriy 18 yoshida oliy ligamiz to'purariga aylangan. Hozir bu yoshda jamoalar asosiy tarkibida o'ynayotgan hujumchining o'zini ko'rmaymiz. “Spartak”da hujumchi yaxshi o'yinlari bilan ishqibozlar mehrini qozongan. Evrokuboklarda ham raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishgan. Rossiya terma jamoadagi faoliyati unchalik yorqin kechmadi. Ehtimol, O'zbekiston termasida o'ynashni davom ettirishi yaxshiroq bo'larmidi? Hozir bu to'g'rida biror fikr aytib bo'lmaydi. Valeriy o'shanda shunday qarorni o'zi uchun to'g'ri deb bilgan va buni muhokama qilishimiz to'g'ri emas.


Piter ODEMVINGI
Tug'ilgan sanasi:
15.07.1981
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: hujumchi
Jamoalari: 2000–2002   “Bendel” 53 (19)
2002–2004   “Luvr”    44 (9)
2004–2007   “Lill” 75 (23)
2007–2010   “Lokomotiv” 75 (21)
2010–2013   “Vest Bromvich” 87 (30)
2013–2014   “Kardiff Siti” 15 (1)
2014–2016   “Stok Siti” 27 (5)
2016   “Bristol Siti” 7 (2)
2016   “Roterxem Yunayted” 1 (0)
Nigeriya terma jamoasida 63 o'yinda 10 to'p kiritgan.

Odemvingi Toshkentda istiqomat qilgan nigeriyalik muhojirlar oilasida dunyoga kelgan. Futboldagi ilk saboqlarini u yurtimizda olgan. So'ng uning oilasi mamlakatiga qaytgan. 2000 yil “Bendel” safidagi o'yinlari bilan mutaxassislar nazariga tushgan Piterning faoliyati Franciyaga ko'chib o'tgach, “Lill”da sezilarli darajada o'zgarib ketdi. Keyin uni “Lokomotiv” o'z safiga taklif etdi. Rossiya chempionatida Odemvingi muxlislar yoqimtoyiga aylandi. Rossiyadan Angliyaga yo'l olgan hujumchi uch mavsum davomida “Vest Bromvich” sharafini himoya qildi. Qizig'i, Angliyada u Rossiyadagidan ko'proq gol muallifiga aylandi. Keyinroq u “Kardiff” va “Stok” jamoalarida o'ynadi. Oxirgi paytlarda quyi divizon klublarida to'p tepib kelmoqda. Nigeriya terma jamoasi safida Odemvingi 63 uchrashuv o'tkazgan. U har bir vaziyatda oxirigacha kurashishi bilan klublariga foyda keltirishga uringan. Tan olish lozim, bunday saviyadagi hujumchi bizga juda katta yordam bergan bo'lardi.


Dimitrios PAPADOPULOS
Tug'ilgan sanasi:
20.10.1981
Tug'ilgan joyi: Jizzax
Ampluasi: hujumchi
Jamoalari: 1999–2001   “Akratitos” 57 (20)
2001–2003   “Byornli” 39 (3)
2003–2008   “Panatinaikos” 126 (50)
2008–2009   “Lechche” 14 (1)
2009–2010   “Dinamo” Zagreb 13 (2)
2010–2012   “Selta” 25 (1)
2012   “Levadiakos” 10 (0)
2012–2013   “Pantrakikos” 25 (11)
2013–2014   “Atromitos” 35 (14)
2014–2015   PAOK 24 (7)
2015–2016   “Asteras” 12 (1)
Greciya terma jamoasida 22 uchrashuvda 2 gol urgan.


Greciyaning mashhur futbolchilaridan biri hisoblangan Dimitrios Papadopulos Jizzaxda tavallud topgan. Faoliyatini esa Greciyada, “Akratitos” klubi tarkibida boshlagan. U Angliya, Italiya, Xorvatiya, Ispaniya chempionatlarida o'ynagan. “Panatinaikos”, “Selta” va PAOK kabi mashhur jamoalari safida maydonga tushgan. Oxirgi marta “Asteras” safida o'yin o'tkazdi. Greciya terma jamoasida sermahsulligi u qadar yuqori bo'lmagan. 22 uchrashuvda atigi 2 marta gol urish nasib etgan.

Vladimir BRAUN
Tug'ilgan sanasi:
06.05.1989
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: tayanch yarim himoyachisi
Jamoalari: 2008–2013   “Xapoel” Ramat Gan 78 (1)
2013–2016   “Xapoel” Kiryat 74 (2)
2016–...   “Xapoel” Bir SHiva

Vladimir 1989 yil Toshkentda dunyoga kelgan. So'ng oilasi bilan Isroilga yo'l olgan Braun ayni paytda mamlakat chempionati peshqadami bo'lib turgan “Xapoel” Bir SHiva jamoasida o'ynamoqda. Ushbu klub yaqinda Evropa Ligasida “Inter”ni ikki marta dog'da qoldirib, ko'pchilikning etiboriga tushdi. Braun tayanch futbolchisi o'rnida harakat qiladi.



Behzod NAZAROV.


Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика