Xabi Alonso: “O'ylashimcha, Klopp finalda barchani hayratda qoldiradi”
22 may 2018 23:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/429141_original.jpg)
![](/upload/storage/429141_220.jpg)
Xabi Alonso: “O'ylashimcha, Klopp finalda barchani hayratda qoldiradi”
“Bu Yurgen uchun birinchi final emas. U “Liverpul”ning etakchisi va yigitlarni muhim o'yinga ruhlantira olishi shart. Yurgen aqlli va jasur murabbiy. U yangilikka intiluvchan shu sabab o'ylashimcha, u finalda o'zgacha nimadir o'ylab topadi va biz barchamiz bundan hayratga tushamiz. Maydonda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Ammo men ishonamanki, u finalda “Liverpul”ning g'alabasini yuksak baholamoqda.
Ha, Klopp to'g'ri takidladi: agar u “Real”ni finalda mag'lub etsa buni 500 yildan keyin ham eslashadi. Agar sen ulkan muvaffaqiyatga erishgan jamoaning bir bo'lagi bo'lsang, buni doimo eslashadi. Buning uchun qaerda o'ynashiningni ahamiyati yo'q: Liverpuldami, Madriddami va yoki Myunxenda”, deya Alonsoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Liverpul” matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar