So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Wikipedia U-20 Arab Kubogida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etishini malum qildi Yangiliklar

Wikipedia U-20 Arab Kubogida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etishini malum qildi

31 may kuni saytimiz orqali Misrda U-20 Arab Kubogi musobaqasi bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik.

Ushbu musobaqaga qura Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda tashlandi. Arab futbol associaciyalari birlashmasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur turnir bu yil 5-marta o'tkaziladi hamda navbatdagi musobaqaga Misr mezbonlik qiladi. 

Bu yilgi musobaqa 20 iyun kuni start oladi va 6 iyulga qadar davom etadi. Jami ishtirokchilar 8tani tashkil etyapti. Qura tashlash arafasida "D" guruhidagi oxirgi jamoaning kimligi nomalum edi. Biroq U-20 Arab Kubogining Vikipediya sahifasida to'rtinchi jamoa O'zbekiston yoshlar termasi ekani haqida malumot paydo bo'ldi.  Ushbu musobaqada 2003 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston U-18 terma jamoasi U-20 sifatida ishtirok etadi. Ayni paytda bu jamoada bosh murabbiy Dmitriy Kim hisoblanadi. Unga Ildar Magdeev va Davron Karimqulov yordam berishmoqda.


SHunday qilib guruhlar quyidagicha ko'rinish olgan: 

"A" guruhi - Misr, Niger Respublikasi, Mavritaniya, Jazoir. 

"B" guruhi - Marokash, Tojikiston, BAA, Djibuti. 

"C" guruhi - Senegal, Livan, Iroq, Komoro orollari. 

"D" guruhi - Tunis, Yaman, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston. 


O'zbekiston yoshlar terma jamoasining guruh o'yinlari taqvimi:

21 iyun. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni

24 iyun. O'zbekiston - Tunis

27 iyun. O'zbekiston - Yaman

U-20 Arab Kubogi ilk bor 2011 yil Marokashda o'tkazilgan bo'lib, Marokash yoshlar termasi g'alaba qozongan. 2012 yil Iordaniyada tashkil etilgan musobaqada Tunis chempionlikni nishonlagan. Mazkur musobaqa 2013-2019 yillar oralig'ida o'tkazilmadi. O'tgan yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan turnirda Senagal U-20 terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика