So’nggi yangiliklar

04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  4 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  6 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Vuk Rasovich: "Bugun yosh futbolchilarga imkon berdik. Ular 60-daqiqadan keyin charchab qolishdi" Yangiliklar

Vuk Rasovich: "Bugun yosh futbolchilarga imkon berdik. Ular 60-daqiqadan keyin charchab qolishdi"

Osiyo CHempionlar Ligasi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Fayha" (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vuk Rasovich hamda futbolchi Sulton Mandash matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Jarohatlangan futbolchilarimiz ko'p edi. Bugungi uchrashuvda yosh futbolchilarga imkoniyat berdik va ular juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Yigitlarimdan fahrlanaman. Bugun ajoyib o'yin o'tkazdik. 

Sultan Mandash: - Qiyin uch ochkoni qo'lga kiritdik. Raqibimiz juda kuchli edi, ular maydonning har bir qarichi uchun kurashishdi. Yaratganga shukr bugun g'alaba qozondik. Bosh murabbiyimizga ham rahmat aytaman. "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvlarga bizni yaxshi tayyorladi.

- Jamoa tarkibidagi yo'qotishlar haqida ko'p gapirdingiz. Asosiy tarkib futbolchilari bugun maydonda bo'lishmaganiga qaramay, bugun jamoangiz g'alaba qozondi. Bugun "Al Fayha" juda yaxshi o'ynadimi yoki "Paxtakor" kuchsiz o'yin namoyish etdimi?

- Bugungi g'alabaning sababi - ko'p mehnat qilayotganimiz. Men bugun yosh futbolchilarga ishonch bildirdim va ular ishonchimni oqlashdi va ajoyib o'yin o'tkazishdi. Yana bir marotaba takrorlayman, bugun futbolchilarim namoyish etgan o'yin meni yaxshi tomonlama hayratga soldi.

- "Paxtakor"ga bugun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- "Paxtakor" kuchli jamoa va ular bugun yomon o'ynashmadi. Bitta o'yindan hulosa chiqarish noto'g'ri deb o'ylayman. Raqib bugun yaxshi qarshilik ko'rsata oldi.

- Bugun futbolchilaringiz ko'p vaqt cho'zishdi. Bunga sabab nima futbolchilardagi charchoqmi yoki "arab" futboliga hos simulyaciyalarmi?

- Biz yosh futbolchilarni o'ynatdik. Yosh futbolchilarimiz esa tez charchab qolishdi. Sababi ularda tajriba kam va ular kuchini 90 daqiqalik o'yinga to'liq taqsimlay olishmadi. 60-daqiqadan so'ng charchab qolishdi. Bu normal holat.

- OCHLdagi dastlabki uchrashuvlardan so'ng "Al Fayha" ko'p tanqidlarga uchradi. Yakunda esa jamoa ikkinchi o'rinni egalladi.

- Ha, dastlabki turlarda o'yinimiz biroz qovushmadi deya olaman. Hozirgi kunga kelib esa yaxshi sport holatidamiz va yaxshi qarshilik ko'rsata oldik deb o'ylayman/

- Pley-off bosqichiga 4ta Saudiya klublari chiqishi mumkin. Futbolchi sifatida ushbu holatga qanday fikr bildirasiz.

Sultan Mandash: - Bu yaxshi holat. Umid qilamanki Saudiya Arabistonining barcha jamoalari keyingi bosqichga chiqa olishadi.

- "Paxtakor" bugun erta gol urdi, bu esa jamoangizning vazifasini yanada qiyinlashtirib yubordi. Lekin shunga qaramay jamoangiz "kambek" qayd etdi. Jamoangiz o'yinda burilish yasay olishiga nima sabab bo'ldi?

- Birinchi bo'limda urgan golimiz juda katta ahamiyatga ega edi. Birinchi bo'limdagi gol "kambek" uchun dastlabki turtki bo'ldi. Ikkinchi bo'limga esa reja tayyorlab qo'ygan edim. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz ham ancha foyda keltirishdi. Birinchi taymdagi golimiz sabab bugun "kambek" qayd eta oldik.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика