So’nggi yangiliklar

16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3

Voyneski ikkinchi, Berdiev yagona, CHerandan dubl. "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuviga oid 6ta fakt Yangiliklar

Voyneski ikkinchi, Berdiev yagona, CHerandan dubl. "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuviga oid 6ta fakt

Bundan bir necha soatlar oldin 2022 yilgi O'zbekiston Superkubogi g'olibi aniqlandi.

"Paxtakor" o'z tarixida ikkinchi bor Superkubokni qo'lga kiritdi yoxud Samarqanddagi scenariy takrorlandi 

Bosh sovrin bu safar ham "Paxtakor"ga nasib qildi. "Nasaf" bilan o'yinda CHeranning birgina goli "sherlar"ning g'alabasi uchun etarli bo'ldi. Biz esa mazkur bellashuvga oid faktlarni keltirib o'tamiz. 

1. Slavche Voyneski O'zbekiston Superkubogida g'olib chiqqan ikkinchi xorijlik murabbiyga aylandi. Bunday vazifani birinchi marotaba o'tgan mavsum Piter Xyuistra bajargan edi. 

2. "Paxtakor" Superkubokni qo'lga kiritish borasida "Lokomotiv"ga etib oldi. Bu ikki jamoaning muzeyida 2tadan Superkubok bor. 



3. "Paxtakor" - "Nasaf" o'rtasida kechayotgan Superkuboklarda 1tadan oshiq gol urilayotgani yo'q. Yaypanda ham mazkur anana davom etdi. 

2016. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:0

2021. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0

2022. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0



4. Ro'ziqul Berdiev bitta jamoa bilan 3ta Superkubokda  ishtirok etgan yagona murabbiy bo'ldi. Bunga qadar Vadim Abramov ( "Lokomotiv" boshqaruvida 2014, 2015), Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor" va AGMK jamoasi bilan 2014, 2019) ikkitadan o'yinda qatnashgan. 

5. Dragan CHeran ketma-ket ikkinchi yil Superkubokda g'alaba golini urdi. SHu bilan birga u 2ta gol bilan Andrey Akopyanc, Leonid Koshelev, Temurxo'ja Abduxoliqovga etib oldi. 

6. Sariq kartochkalar bo'yicha 2014 yil O'zbekiston Superkubogidagi rekord takrorlandi. O'shanda Ravshan Ermatov "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvida futbolchilarga jami 8ta sariq kartochka ko'rsatgan edi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика