So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Voxid Xolboev: "Metallurg”dan SHuhrat Yo'ldoshev jamoaga jalb qilindi” Yangiliklar

Voxid Xolboev: "Metallurg”dan SHuhrat Yo'ldoshev jamoaga jalb qilindi”

Birinchi liga vakili Toshkentning "Lokomotiv-BFK" klubi kecha hamshahari oliy liga vakili "Paxtakor" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Ushbu bahsda "sherlar" raqiblarini yirik 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so'ng "temiryo'lchilar" ustozi Voxid Xolboevni suhbatga tortdik.

-  Oliy liganing grand jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdinglar va yirik hisobda mag'lub bo'ldinglar. Ushbu uchrashuv jamoa uchun qanchalik foyda berdi?

-  Yirik hisobda mag'lub bo'lgan bo'lsak ham, ushbu bahs biz uchun ancha foydali bo'ldi. Bu uchrashuv orqali shogirdlarimning kuchi qay darajada ekanligini bilib oldim. Oliy liga darajasi qanaqa ekanligini barcha futbolchilarimiz bilib olishdi. Oliy liga jamoalarida to'p tepish uchun faqat mehnat qilish kerak. Futbolchilar murabbiyni aytganini o'z vaqtida bajarib, barcha ko'rsatmalarni amalga oshirsa, yirik hisobda mag'lub bo'lmaydi. “Paxtakor”ga jalb qilingan legionerlar juda ham yaxshi o'yin ko'rsatishdi.

-  Ushbu bahsda shogirdlaringizni xato-kamchiliklarini ko'rib oldingizmi?

-  Albatta, barcha poziciyadagi xato-kamchiliklarni ko'rib oldim. Men aytib o'tgan xatolar tufayli o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik, desam ham bo'ladi. O'yin vaqtida futbolchilar o'z joylarini vaqtida yopmasligi, kuchi etmasligi, oxiri xato qilishga olib keladi. “Paxtakor” bizdan ancha kuchli hisoblanadi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv biz uchun yaxshigina tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Oliy liga jamoalariga qarshi ko'proq o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib tursak, birinchi ligada nisbatan osonroq bo'ladi.

-  Yirik hisobda mag'lubiyatga uchraganinglarni sababi futbolchilarning charchab qolgani bilan bog'liqmi?

-  Futbolchilarning charchab qolishi ham bir tarafdan yirik hisobda mag'lub bo'lishimizga sabab bo'ldi, desam ham bo'ladi. Dastlabki bo'limda birinchi davrada to'p tepgan futbolchilarni maydonga tushirdim. Ikkinchi bo'limda jamoa yig'iniga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarga o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat berdim.


-  Birinchi davra “Lokomotiv-BFK” uchun qanday o'tdi?

-  Biz uchun birinchi davra har yilgidek yaxshi o'tdi.

-  CHempionatda bir tekis o'yin ko'rsata olmadinglar. 2ta uchrashuvda g'alaba qozonsanglar keyingi bahslarda mag'lubiyatga uchradinglar. Bu nima bilan bog'liq?

-  Safarda o'yin o'tkazganimizda, ayrim futbolchilarda biroz xayiqish bo'ladimi yoki bo'lmasam tekis maydonga o'rganib qolishganmi, bilmayman. Mehmondagi uchrashuvlarda dastlabki bo'limda 15 daqiqa yaxshi o'yin ko'rsatishadi. SHundan so'ng o'yin tempini tushirib yuborishadi. Mag'lub bo'lgan uchrashuvlarda o'zimizning xatolarimiz evaziga raqiblarga imkoniyatni boy berib qo'ydik.

-  Jamoaga kimlar keldi, yoki bo'lmasam aksincha kimlar ketdi, oliy ligada to'p tepgan futbolchilar ham jamoaga jalb qilinganmi?

-  SHu kunga kelib 5-6 nafar futbolchi bilan xayrlashdik. Jamoaga “Metallurg” klubida to'p tepgan futbolchi SHuhrat SHo'ldoshevni jalb qildik. Nasib qilsa ikkinchi davrada ushbu futbolchi bizga ancha yordam beradi, deb o'ylayman. Bundan tashqari, yana bir nechta yosh futbolchilarni o'z tarkibimizga qo'shib oldik. 14 iyul kuni ikkinchi liga vakili “Tramvaychi” jamoasiga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz. Bundan tashqari 21 iyul sanasida oliy liganing yana bir vakili Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi bahs olib boramiz.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика