So’nggi yangiliklar

13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  0 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  2 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  4 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  10 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  11 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  4 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  8 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  13 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  7 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  12

Voqealar rivojidan o'zib yoxud Loko chempionmi? Yangiliklar

Voqealar rivojidan o'zib yoxud Loko chempionmi?

Yana uch haftadan keyin Oliy Liga-2017 bahslari yakuniga etib, g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.

O'tkazilgan 26-tur uchrashuvlaridan keyin chempionlik uchun asosiy davorgar Toshkentning Lokomotiv klubi bo'lib turgan bo'lsa, Qarshining Nasaf va poytaxtning yana bir klubi Paxtakor ham matematik jihatdan bosh sovrin uchun imkoniyatga ega bo'lib turibdi. Voqealar rivojidan o'zgan Erudit Sport jamoalarning chempionlik va sovrindorlar safidan o'rin olish imkoniyatlarini chamaladi.

LOKOMOTIV - 60 ochko
Qolgan o'yinlari:


27-tur: Neftchi - Lokomotiv

28-tur: Lokomotiv - Buxoro

29-tur: Dinamo - Lokomotiv

30-tur: Lokomotiv - Bunyodkor

Mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganda amaldagi chempion Lokomotiv 60 ochko bilan eng yaqin taqibchisi Nasafdan 7 ochkoga oldinda bormoqda. Oldindagi to'rt uchrashuvda Temiryo'lchilarni jiddiy to'qnashuvlar kutib turibdiki, bu bahslarda ularning ochko yo'qotishi mumkinligini inkor etib bo'lmaydi. 27-tur doirasida 3 noyabr kuni Loko Farg'onada Vadim Abramov qo'l ostidagi ligada qolish umidi hali so'nmagan Neftchiga qarshi saf tortadi. O'tgan turda Qizilqumni 2:0 hisobida mag'lub etgan vodiyliklarni g'alabadan boshqa natija uzil-kesil taqdirlarini hal etadi. SHu bois, Lokoni Farg'onada oson o'yin kutayotgani yo'q.

Qolaversa, amaldagi chempionning Buxoro bilan, Samarqandda esa yana bir ligada qolish uchun kurash olib borayotgan Dinamo bilan, so'nggi 30-turda esa Bunyodkor jamoasiga qarshi o'yinlari borki, Temiryo'lchilarni oltin medalllar bilan muddatdan oldin tabriklab qo'yishga to'sqinlik qilishi mumkin.

 

NASAF - 53 ochko
Qolgan o'yinlari:


27-tur: Nasaf - Metallurg

28-tur: SHo'rtan - Nasaf

29-tur: Nasaf - Paxtakor

30-tur: Navbahor - Nasaf

Oliy Liganing ketma-ket sakkizinchi uchrashuvida ham g'alabali seriyasini davom ettirgan Nasaf jamoasining ham oldinda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Qarshiliklar 27-turda o'zlari uchun noqulay raqib sanaladigan Metallurgga qarshi saf tortishsa, 28-turda G'uzordagi Voha derbisida SHo'rtanga qarshi maydonga tushishadi. So'nggi ikki o'yin esa ancha og'ir kechishi aniq: Nasaf 29-turda Paxtakorga qarshi juda muhim o'yinda maydonga tushsa, so'nggi turda Namanganga safar uyushtiradi. Navbahorning o'z maydonida mag'lubiyat nimaligini bilmayotganligini inobatga olsak, Nasaf jiddiy qarshilikka uchrashini taxmin qilish mumkin.

 

PAXTAKOR - 50 ochko
Qolgan o'yinlari:


27-tur: So'g'diyona - Paxtakor

28-tur: Paxtakor - Olmaliq

29-tur: Nasaf - Paxtakor

30-tur: Paxtakor - Obod

Afsuski, Paxtakor jamoasi ishtirokidagi o'yinlar mojarolarga sabab bo'layotgani achinarli hol. Paxtakorning Buxoro va Qo'qon-1912ga qarshi o'yinlaridan keyin Paxtakor - Bunyodkor bahsida ham hakamlarning qo'pol xatolarga yo'l qo'yganligini barcha ko'rdi. Poytaxt klubini keyingi to'rt uchrashuvda ham kamida 9 ochko jamg'arishini taxmin qilish mumkin. Zero, jamoani 27-turda So'g'diyona bilan bahs kutayotgan bo'lsa, 28-turda Olmalikni qabul qiladi. 29-turdagi Qarshidagi Nasaf bilan o'yin Paxtakor uchun eng asosiysi bo'ladi. Sababi, yakuniy tur bahsida Obod bilan uchrashuv o'tkazilmaydi va texnik g'alaba yoziladi. Paxtakor chempionlik uchun kurashdan amalda chiqqan bo'lsada, sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyati yaxshi.

 

BUNYODKOR - 45 ochko
Qolgan o'yinlari:


27-tur: Bunyodkor - Navbahor

28-tur: Qo'qon-1912 - Bunyodkor

29-tur: Bunyodkor - Buxoro

30-tur: Lokomotiv - Bunyodkor

Paxtakorga qarshi hakamlarning xatosi tufayli alamli tarzda mag'lub bo'lgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi Bunyodkor klubining medallar uchun kurashishga matematik jihatdan imkoniyati bo'lsada, bunga ishonish juda qiyin. Zero, Qaldirg'ochlarni keyingi to'rt o'yini ancha og'ir o'tadi. Qosimov shogirdlari 27-turda Navbahorni qabul qilishsa, keyin Qo'qonga safar qilishadi. So'nggi turlardagi Buxoro va Lokomotivga qarshi safar o'yinida ochko olish ancha mushkul vazifa sanaladi. SHunday ekan, Bunyodkor bor etiborini O'zbekiston Kubogi finalidagi Lokomotivga qarshi o'yinga qaratib, OCHL yo'llanmasiga ega chiqishi mumkin. Sababi, finalgacha Temiryo'lchilar amalda Oliy Liga chempionligi va OCHL yo'llanmasini naqd qilib ulgurgan bo'lishi ehtimoli katta.

Usmon IBODOV

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика