“Volfsburg” Gollandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
07 avg 2017 23:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/269759_original.jpg)
![](/upload/storage/269759_220.jpg)
“Volfsburg” Gollandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Germaniyaning “Volfsburg” klubi rahbariyati “Augsburg” himoyachisi Paul Verxag bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekildi. 33 yoshli Verxag “bo'rilar” tarkibida 3-raqam ostida harakat qiladigan bo'ldi.
Verxag “Augsburg” sharafini 2010 yildan beri himoya qilib kelayotgandi. Undan avval u Gollandiyaning “Vitess”, PSV, “Den Bosx”, AGOVV klublarida to'p tepgandi. O'tgan mavsumda himoyachi Bundesligada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan.
Bundan tashqari, Paul 2013-2014 yillarda Gollandiya terma jamoasi libosida 3 ta o'yin o'tkazgan. Ana shun uchrashuvlarning biri JCH-2014 final bosqichiga to'g'ri keladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar