So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  0 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

Vohid Xolboev: "Bugun "Zomin" ikkita penaltidan foydalana olmadi" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "Bugun "Zomin" ikkita penaltidan foydalana olmadi"

O'zbekiston Pro-ligasi 15-turi doirasida "Zomin" - "Nurafshon" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun eng yaxshi o'yinlarimizdan birini namoyish qila oldik. G'alaba bilan barchani tabriklayman. Yigitlarga rahmat aytaman. Ularga umuman etirozim yo'q. Bugun barchadan mamnunman. 14 iyun - tug'ilgan kunim edi. SHogirdlarim tug'ilgan kunimga mos sovg'a berishdi. Menga bundan ortig'i kerak emas.

O'yin qiyin o'tdi. Maydon biroz noqulay edi, biroq shogirdlarim tezda bunga ko'nikib olishdi. O'yin davomida tashabbus bizning tomonda bo'ldi. Ko'plab hujumlar uyushtirdik. Golni ham chiroyli kiritdik. Raqib  jarima maydonchasi ichida bir necha kichik to'p oshirishlarini amalga oshirdik. Qanotdan oshirilgan pasga Murodjon To'ychiboev zarba beradigandek bo'ldi, biroq to'pni o'tkazib yubordi va raqib himoyachisini ham "qurolsizlantirdi". Oripxo'ja Abduholiqov esa chiroyli gol muallifiga aylandi.

Raqiblar ikkita penaltidan gol ura olishmadi. Birini posbonimiz qaytargan bo'lsa, ikkinchisi ustunga tegdi. 83-daqiqada gol urgan bo'lsak, shundan keyin ham hisob o'zgarib ketishi mumkin edi.

Abdurasul Komilov Maldiv orollarining "Maziya" jamoasi safiga ko'chib o'tdi. Bu klub ayni damda chempionatning 3-pog'onasini egallab turibdi. U kecha biz bilan xayrlashdi. SHuningdek, Abdug'ani Kamolov "SHo'rtan"ga, Elbek Ravshanov esa "Buxoro"ga ko'chib o'tmoqda. Ularning o'rniga hozircha futbolchi topganim yo'q.

Taqvim? Savolingizni tushundim. Jahon chempionatida Pro-liga bo'layotgani normal holat. Muhimi uchrashuvlar o'z vaqtida bo'lmoqda", - dedi Vohid Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика