So’nggi yangiliklar

19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  1 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  5 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  11 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  4 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1

Vohid SHodiev Malayziyaning “Perak” klubi azosiga aylandi Yangiliklar

Vohid SHodiev Malayziyaning “Perak” klubi azosiga aylandi

“Bunyodkor” hujumchisi Vohid SHodiev bugun – 29 dekabr kuni, Malayziya Superligasi vakili – “Perak” klubi bilan erkin o'yinchi sifatida shartnoma imzoladi.

Uning “Perak” bilan bitimi ikki yilga mo'ljallangan hamda 2017 yilning oxirigacha amal qiladi.

- Nihoyat, 29 yoshimda, menda ham xorijda to'p surish imkoniyati tug'ilganidan xursandman, - deydi hujumchi. – “Perak” o'tgan yaqin vaqt davomida OFK kubogida ikki bor chorak finalgacha etib borgan jamoa. Ammo ichki chempionatda oxirgi mavsumlarda ko'zlangan maqsadlariga erisholmay, xalqaro musobaqalardan chetda qolmoqda. Men Ipox shahri klubi formasini katta niyatlar bilan kiyyapman. Nasib qilsa, jamoa o'zining oldingi mavqeini yana tiklab olishiga mendan kutishayotgan hujumkor o'yinlarim va, ayniqsa, etarli miqdordagi gollarim bilan salmoqli hissamni qo'shaman, albatta.


- Birinchi navbatda, SHodiev hammadan ham bosh murabbiy SHamsul Saadga manzur tushdi, - deydi hujumchining agenti Sanat SHaripov. – Bu juda ham muhim omil. Murabbiyning katta ishonchini his etsa, futbolchida o'zining barcha salohiyatini yuzaga chiqarish engil kechadi. Uning o'yinlari ochilib, o'yinchi rang-barang futbol ko'rsata boshlaydi. Klub ham shunda yangi harididan qoniqish hosil qiladi. “Perak”ning Vohiddan umidlari katta. Ipox jamoasi yangi bosh murabbiy va yangi futbolchilar bilan 2016 yilgi mavsumda anchagina jiddiy marralarni ko'zlayapti. Men futbolchimga omad tilayman va undan hammamiz yuqori darajadagi o'yinlarni kutib qolamiz, - degan tilaklar bildirdi taniqli agentimiz S.SHaripov.


SHodiev yangi mavsumga tayyorgarlikni o'tgan haftadan boshlagan “Perak”ning mashg'ulotida ishtirok etishga ulgurdi. SHamsul Saad futbolchilarga uni tanishtirdi. Vohid esa birinchi galga mashg'ulotni kuzatish bilan cheklandi, xolos.

Eslatib o'tish joiz, 2015 yilgi chempionatda “Perak” 12 jamoa orasida 8-o'rinni band etdi. Futbol associaciyasi kubogida chorak final bilan chegaralandi. Malayziya kubogi bahslarida esa guruhda qolib ketdi. Klub rahbariyati bu omadsizliklardan so'ng xorvatiyalik mutaxassis Vieran SHimunichni istefoga chiqardi va bosh murabbiylikka futbolchilik davrida “Perak”da uzoq yillar to'p surgan, endigina 40ni qarshilagan yosh SHamsul Saadni taklif etdi. 2015 yilgi mavsumda “Perak” safida “3+1” tizimi bo'yicha quyidagi to'rt nafar legioner harakat qilgandi: markaziy himoyachi Tiago Junio (Braziliya), yarim himoyachilar Orase Jeyms (Yamayka) va Nam Kun Vun (Janubiy Koreya), hujumchi Karles Souza (Braziliya).


BIZNING MA'LUMOT:
SHODIEV Vohid Muhitdinovich

1986 yil 9 noyabr kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tavallud topgan.
O'ynagan jamoalari: “Zarafshon” Navoiy (2005-2007, birinchi liga), “O'z-Dong Ju” Andijon (2008), “Qizilqum” Zarafshon (2009), “Neftchi” Farg'ona (2010-2011), “Buxoro” (2012-2013), “Bunyodkor” Toshkent (2014-2015).
O'zbekiston superkubogi sohibi – 2014
O'zbekiston kubogi finalchisi – 2014 va 2015
Osiyo CHempionlar ligasidagi ko'rsatkichlari: 2014 – 7 uchrashuv, 2 gol; 2015 – 6 uchrashuv, 1 gol.
O'zbekiston milliy terma jamoasida 14ta o'yin o'tkazgan, 3ta gol kiritgan.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика