So’nggi yangiliklar

09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0

Vohid SHamsai: "O'zbekiston terma jamoasi bundan yaxshiroq o'ynay olishi va aslida kuchliroq ekanligini bilaman" Yangiliklar

Vohid SHamsai: "O'zbekiston terma jamoasi bundan yaxshiroq o'ynay olishi va aslida kuchliroq ekanligini bilaman"

Jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Eron - Gvatemala (9:4) uchrashuvidan so'ng Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Vohid SHamsai saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz...

- Qiziqarli va yaxshi o'yin o'tkazdik. Biz birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik, ammo ikkinchi bo'limda o'yinimiz ancha yaxshilandi. Biz ko'p vaziyatlarimizni ko'kka sovurdik. 4ta gol o'tkazib borish biz uchun juda yomon natija. Buni to'g'rilashimiz kerak. Pley-off bosqichida 4ta gol o'tkazib yuborishimiz mumkin emas. Bu juda xavfli.

- Eron terma jamoasining mundialdagi maqsadlari qanday?

- Ushbu musobaqada "grand" jamoalar juda ko'p. Braziliya eng kuchaygan pallada. Argentina, Ispaniya va Portugaliya ajoyib o'yin namoyish etishmoqda. Qozog'iston terma jamoasini ham ular(favoritlar - tahririyat) qatoriga qo'sha olaman. Franciya ham ancha xavfli jamoa hisoblanadi. Har bir o'yinga o'zgacha yondashishimiz kerak. SHuningdek, pley-off bosqichida omad ham juda qo'l keladi, qura natijalari omadli bo'lishi ham juda muhim.

- Jahon chempionatida ishtirok etayotgan Osiyo mamlakatlari haqida ham fikr bildirib o'tsangiz...

- Tailand va Afg'oniston "dahshatli" o'yin namoyish etishmoqda. Tojikiston Marokashga qarshi juda tartibli o'yin o'tkazdi. O'zbekiston terma jamoasi esa yaxshiroq o'ynay olishini va aslida kuchliroq ekanligini bilaman, ammo mening eshitishimcha tarkibingizda 2-3ta asosiy futzalchilar jarohat olgan. Bunday narsalarni o'zgartirib bo'lmaydi, afsuski. Osiyo katta o'sishga erishmoqda va Osiyo mamlakatlari dunyoga xavf tug'dirishi mumkinligi isbotlanmoqda.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика