So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Vohid SHamsai: "Biz eng yaxshi o'yinimiz orqali, bayrog'imizni yanada balandroq ko'tarishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Vohid SHamsai: "Biz eng yaxshi o'yinimiz orqali, bayrog'imizni yanada balandroq ko'tarishga harakat qilamiz"

Eron futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Vohid SHamsai saytimizga kichik intervyu berdi.

- Eron terma jamoasi ertaga chorak final yo'llanmasi uchun Marokashga qarshi bahs olib. Jamoangiz ertangi uchrashuvga qanchalik tayyor?

- Biz tayyormiz. Ikki nafar futzalchimiz sariq kartochkalar sabab oldingi uchrashuvni o'tkazib yuborishgandi, ertangi uchrashuvda ular yana maydonga tusha olishadi. Gripp bilan og'rigan futzalchilarimiz ham tiklanishdi. Mashg'ulotlarimizni to'liq tarkib bilan o'tkazmoqdamiz. Qiziqarli va muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish eta olishimizga ishonaman. Ertangi bahs FIFA reytingida uchinchi va oltinchi jamoalar o'rtasidagi bahs bo'ladi. Portugaliya - Qozog'iston bahsi ham xuddi shunday. 1/8 final bosqichida ikkita kuchli jamoa o'z ishtirokini yakunlaydi, afsuski.

- Ayni damda ko'pchilik, uchinchi turdagi Franciya qarshi kechgan uchrashuvni tanqid qilmoqda. Ikki jamoa "kelishilgan" o'yin o'tkazishdi degan fikrlari ko'p yangramoqda. Tanqidchilarga javob berib o'tsangiz?

- Biz 4:1 hisobida g'alaba qozondik. Yana nima qilishimiz kerak edi? Bizni tanqid qilayotganlarga javob berishga majbur emasman. Bu mening vazifam emas. Biz guruh bosqichini 9 ochko, yani 100% foizlik natija bilan yakunladik. Franciya qarshi o'yindan oldin bizda nechta yo'qotishlar borligini aytib o'tgandim, shunga qaramay biz o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo'limda esa o'z darajamizni namoyish etdik va g'alaba qozondik.

- O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini juda erta yakunladi. O'zbekistonning ishtiroki haqida gapirib o'tsangiz?

- O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalarning natijalari meni xafa qildi. O'zbekiston terma jamoasidagi bir nechta asosiy futzalchilarning jarohat olgani yakuniy natijaga tasir qildi. Ikki mamlakatda ham futzal rivojlanib borayotgani aniq. O'zbekiston Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgani bunga yaqqol isbot bo'la oladi. Afsuski, ular keyingi bosqichga chiqa olishmadi, ammo Afg'oniston pley-offga yo'l oldi.

- Ertangi muhim uchrashuv oldidan muxlislarga nimalar demoqchisiz?

- Biz eng yaxshi o'yinimiz orqali, bayrog'imizni yanada balandroq ko'tarishga harakat qilamiz. Parketda bor kuchimizni beramiz. Marokash terma jamoasi ham juda kuchli va biz ularni hurmat qilamiz. Raqib nimalarga qodir ekanligini bilamiz. G'alaba qozonish uchun borimizni beramiz.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Eslatib o'tamiz, Eron futzal terma jamoasi Jahon chempionati chorak final bahsi doirasida Marokashga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv ertaga soat 17:30 Buxorodagi "Universal" sport kompleksida bo'lib o'tadi.

xorodagi "Universal" sport kompleksida bo'lib o'tadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика