So’nggi yangiliklar

10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  5 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  17 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  17 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  125 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10

Vodiyda Keniyani andijoncha mehmondo'stlik kutmoqda Yangiliklar

Vodiyda Keniyani andijoncha mehmondo'stlik kutmoqda

Teglar :  AndijonKeniya
O'zbekiston U-23 terma jamoasining 23 mart kuni Andijondagi “Sog'lom avlod” stadionida Keniya U-23 tengqurlariga qarshi maydonga tushishi aniq bo'ldi.

Bungacha Andijonga Saudiya Arabistoni terma jamoasining tashrifi va o'yin 25 martda o'tkazilishi haqida aytilgandi. Ammo O'zbekiston futbol associaciyasi barcha masalaga oydinlik kiritdi. O'zbekiston va Keniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi Andijondagi “Sog'lom avlod” stadionida 23 mart kuni o'tkazilsa, 26 martda Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida ikkinchi o'yin o'tkaziladi.

Ayni paytda “Sog'lom avlod” stadionida mazkur bahsga qizg'in tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. O'yinga kam qolayotgani sababli stadionda tamirlash ishlari yanada tezlashtirilgan. Etiborlisi, shaxsan viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonov “Sog'lom avlod” stadioni o'yinga 100 foiz tayyor bo'lishini to'liq o'z nazoratiga olgan.



SHu bois viloyat hokimi kuni kecha stadionda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Unda stadiondagi rekonstrukciya ishlari 20 martga qadar o'z yakuniga etishi borasida aniq ko'rsatmalarni berdi. SHu bilan birga maydon chimini etarli vaqt ichida tayyor holatga keltirish yuzasidan jiddiy topshiriqlar berildi.

Stadion zamon talablari asosida tamirlanayotgani etiborga molik. Futbolchilar uchun echinish xonalari, yuvinish xonasi, hojatxona, jurnalistlar uchun media-tribuna, matbuot anjumani xonasi, umuman barchasi talab bo'yicha qayta tamirlanyapti. Stadionda olib borilayotgan ishlarni viloyat hokimi SHuhratbek Qo'shoqboevich o'z nazoratiga olgan.

Yana bir gap: juda ko'plab muxlislar O'zbekiston va Keniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv uchun chiptalarning qachon sotuvga chiqarilishi yuzasidan murojaat qilmoqdalar. Bu borada tegishli mutasaddilar bilan gaplashganimizda o'yin uchun chiptalar 20 mart atrofida sotuvga chiqarilishi malum bo'ldi. SHu bilan birga shahar bo'ylab O'zbekiston – Keniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinning muhiti sezilib turishi hamda o'yin oldidan muxlislarda bayramona kayfiyat hukm surishi uchun ham viloyat hokimi viloyat futbol federaciyasiga qo'shimcha topshiriqlarni berdi.


Bundan tashqari, andijonlik ishqibozlarning ham mazkur o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rayotgani malum bo'ldi. O'zbekiston futbol associaciyasining Andijonda terma jamoamiz ishtirokida xalqaro darajadagi uchrashuvni tashkil etib berayotgani uchun futbolimiz rahbariyatidan minnatdor ekanliklarini izhor etmoqdalar. “Andijon” jamoasining fan-klub raisi Nodirbek To'ychiev o'yinga tayyorgarlik va stadiondagi o'zgarishlarni ko'rib shunday dedi:


- "23 mart kuni Keniya terma jamoasiga qarshi o'yin uchun biz muxlislar ham alohida tayyorgarlik ko'ryapmiz. Mana, stadiondagi o'zgarishlarni ko'rib turibsiz, viloyat hokimining o'zi bo'lajak o'yinga tayyorgarlikni nazorat qilib boryapti. Futbolchilarning echinish xonalari Evropa andozalari asosida tamirlanyapti va alohida televizor bilan ham jihozlanadi. Stadionimizda bunday katta darajadagi tamirlash ishlari bo'layotgani uchun viloyatimiz hokimiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz".


- "Yaqinda SHuhratbek Qo'shoqboevich Abdurahmonovning stadionda o'tkazgan yig'ilishida men ham ishtirok etdim. O'shanda viloyat elektr tarmoqlari rahbariga stadion yoritgichlarini 1200 lyuks darajada bo'lishini taminlash maqsadida jiddiy topshiriq berdi. Aytmoqchimanki, O'zbekiston va Keniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 20:00da boshlanadi. O'sha paytda stadion yoritgichi meyorida bo'lgan holda stadionni etarli darajada yorita oladi".


- "Biz muxlislarning o'sha o'yin uchun rejalarimiz katta. Andijonga kelgan birorta mehmon bu erdan xafa bo'lib ketmaydi. Sizga aytsam, o'yin boshlanishidan oldin maydonga chiqib keniyalik futbolchilarning har biriga o'zbekona do'ppi va zarbof to'n kiydiramiz. SHuningdek, katta hajmdagi O'zbekiston bayrog'ini ham tayyorlab qo'yganmiz. Mehmonlarni qanday kutib olish va o'yin paytida qay darajada muxlislik qilish borasida ishqibozlar o'rtasida tashviqotlarni ham olib boryapmiz. 23 mart kuni barchaga andijonlik ishqibozlarning nimalarga qodirligini ko'rsatamiz".

FIRDAVSXON.

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика