So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  14 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

"Vodiy futboli": Qo'qonlik muxlislar Andijonga borishadi Yangiliklar

"Vodiy futboli": Qo'qonlik muxlislar Andijonga borishadi

Vodiy klublari 19-turga tayyorlanishmoqda.

“Qo'qon-1912” muxlislari Andijonga borishadi

“Qo'qon-1912” jamoasi navbatdagi uchrashuvni Andijonda o'tkazishidan xabringiz bor. Vodiy derbisi nomini olgan mazkur uchrashuvda “Qo'qon-1912”ni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlashni istagan muxlislar uchun qulayliklar yaratilgan. Ularning Andijonga borib kelishlari uchun avtobus qo'yilishi rejalashtirilgan. Andijonga borishni istagan muxlislar 22 avgust shanba kuni soat 11:00da Qo'qon “Markaziy” stadionga kelishlari mumkin. Andijonga borishni istagan muxlislar quyidagi telefon raqamiga murojaat etishlari mumkin: +99890 508 77 99


"Andijon": "Qo'qon-1912" bilan o'yin hakamlari malum

Kecha PFL oliy liga 19-tur uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlarni malum qildi. Ushbu turda jamoamiz yana o'z maydonida to'p surib qo'qonliklarni qabul qiladi.

Mazkur vodiy derbisini Baxtiyor Namozov boshqaradi. Unga qanotlarda S.SHoyusupov va A.Kalinin yordam berishadi. Uchrashuv nazoratchi hakami etib Dmitriy Roman tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” va “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi bahs 22 avgust kuni “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi.

Andijon (Andijon) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent). S. SHoyusupov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent)


"Navbahor": "So'g'diyona"ga qarshi o'yin soat 18:00da boshlanadi

"Navbahor" oliy liganing 19-turida Jizzaxda “So'g'diyona” klubi mehmoni bo'lishidan xabaringiz bor. PFL “So'g'diyona” o'yingohida bo'lib o'tadigan uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasini elon qildi.

"So'g'diyona" va "Navbahor" o'rtasidagi Jizzaxda o'tadigan bellashuvni Vladislav Ceytlin brigadasi boshqari boradi. Poytaxtlik referiga qanotlarda buxorolik Abduraxmon Qo'ldoshev hamda Bobir Qosimovlar ko'maklashishsa, toshkentlik Rustam Lutfulin zaxira hakami vazifasini bajaradi. O'yinni nazorat qilish Arslon Xotamov zimmasiga yuklatilgan. Ahrol Inoyatov (Toshkent) PFL vakili sifatida Jizzaxga tashrif buyuradi.

22 avgust kungi “So'g'diyona” o'yingohida bo'lib o'tadigan bahs soat 18.00da boshlanishi malum qilindi. Bir kun oldin yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan o'yin esa soat 17.00da “So'g'diyona” jamoasi qarorgohi maydonida boshlanadi.


"Neftchi": "Metallurg" bilan o'yinda Asimov ishlaydi


Oliy liganing 19-turida "Neftchi" o'z maydonida "Metallurg" bilan o'ynaydi.

O'yinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Unga qanotlarda Xusniddin SHodmonov va Ruslan Nugmanov yordam berishadi. Zaxira hakami A.Raximov. Nazoratchi sifatida A. Arutyunov tayinlandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика