"Vodiy futboli": "Neftchi" 450-g'alaba, "Andijon" 650-o'yin arafasida
18 sen 2015 12:30
Yangiliklar
"Vodiy futboli": "Neftchi" 450-g'alaba, "Andijon" 650-o'yin arafasida
"Neftchi": 450-g'alabaga bir qadam qoldi
Farg'onaning "Neftchi" klubi oliy liganing 22-turida O'zbekiston kubogi finaliga chiqqan "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.
Uchrashuv 20 sentyabr kuni soat 18:00da boshlanadi. Yoshlar esa bir kun oldin 16:30da maydonga tushishadi.
1992 yildan buyon oliy ligada muntazam ravishda ishtirok etib kelayotgan "Neftchi" klubining g'alabalari soni bugungi kunda 449tani tashkil qilmoqda. Navbatdagi g'alaba farg'onaliklar uchun yubiley 450-g'alaba bo'ladi.
"Andijon": G'uzorda 650-o'yinni o'tkazamiz
"Andijon" klubi oliy liganing 22-turini safarda "SHo'rtan"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 19 sentyabr kuni soat 17:00da boshlanadi. Yoshlar ligasi doirasidagi bahs esa 16:00da start oladi.
"Andijon" jamoasi 19 sentyabr kuni oliy ligada o'zining yubiley 650-uchrashuvini o'tkazadi. Hozirga qadar jamoa 217ta g'alaba, 127ta durang va 305ta mag'lubiyat qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar