So’nggi yangiliklar

18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  2 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  8 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  2 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  6 15:59Халқаро турнир. Хитой U-16 — Ўзбекистон U-16 ўйини учун таркиблар маълум  0 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  1 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  11 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  25 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  5 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0

"Vodiy futboli": "Navbahor" va "Qo'qon-1912" g'alaba qozondi Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Navbahor" va "Qo'qon-1912" g'alaba qozondi

Kecha oliy liganing 28-turida vodiy derbisi bo'lib o'tdi.

"Navbahor": Ketma-ket uchinchi g'alaba

28-turda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qildi. Uchrashuvda namangan klubi 2:1 hisobida zafar quchdi. SHunday qilib, "lochinlar"ning g'alabali seriyasi uchta o'yinga etdi. Bundan oldin jamoa "Qo'qon-1912" va "Buxoro" taslim qilingandi.

Keyingi turni "Navbahor" G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi.


"Qo'qon-1912": "Neftchi" ilk bor mag'lub etildi

Oliy liganing 28-turida "Neftchi" mehmoni bo'lgan "Qo'qon-1912" 1:0 hisobida zafar quchdi. SHu tariqa, "Qo'qon-1912" o'z tarixida ilk bor oliy ligada "Neftchi"ni mag'lub etishga erishdi. Bugunga qadar “Neftchi” va “Qo'qon-1912” oliy ligada 19 bora to'qnash kelishgandi. “Neftchi” 17ta o'yinda g'olib bo'lgan, 2 marta durang qayd etilgandi. “Qo'qon-1912” bu raqibni umuman mag'lub eta olmagandi.

"Qo'qon-1912" 29-turni "So'g'diyona"ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.


"Andijon": "Bunyodkor"ni umuman mag'lub eta olmaganmiz

Bu ikki klub o'zaro 15 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “Qaldirg'ochlar” 12ta o'yinda g'oliblik nashidasini surishgan. 3ta o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” o'z tarixida bu raqibni umuman enga olmagan.

“Bunyodkor” Toshkentda o'tgan o'yinlarda 6 marta g'alabaga erishgan. “Burgutlar” bu raqib maydonidan faqat bir bor (2012 yil) durang bilan qaytgan. “Andijon” safarda “Bunyodkor” darvozasiga bitta gol urgan. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика