So’nggi yangiliklar

12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  0 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  2 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  0 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  7 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  3 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5

"Vodiy futboli". Bugun yoshlar ligasidagi o'yinlar bo'ladi Yangiliklar

"Vodiy futboli". Bugun yoshlar ligasidagi o'yinlar bo'ladi

Vodiy klublari ertaga 17-tur o'yinlarini o'tkazishadi.

"Andijon": Ibrohim Otaxonov "Mashal"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

"Burgutlar" oliy liganing 17-turini o'z maydonida "Mashal"ni qabul qiladi. Uchrashuvda himoyachi Ibrohim Otaxonov ishtirok eta olmaydi. Sababi futbolchi o'tgan turda mavsumdagi to'rtinchi ogohlantirishini oldi.

Bugun yoshlar jamoalari o'rtasidagi bahs soat 17:30da boshlanadi.


"Neftchi": "Lokomotiv"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik davom etmoqda

Farg'onaning "Neftchi" klubi ertaga Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi. Ushbu o'yin Murod Ismoilov boshchiligidagi jamoa uchun juda muhim hisoblanadi. Farg'onaliklar o'tgan turda G'uzorda uchralgan yirik mag'lubiyat tasodif ekanini isbotlashlari kerak.

"Neftchi" va "Lokomotiv" yoshlari o'rtasidagi bahs bugun 17:30da start oladi.


"Navbahor": Ertaga Bekobodda "Metallurg" bilan o'ynaymiz

Namanganning "Navbahor" klubi 17-turni Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi. Dastlabki davrada Namanganda bo'lib o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

Yoshlar o'rtasidagi bahs bugun soat 17:30da boshlanadi.


"Qo'qon-1912": "Paxtakor"ga qarshi o'yin 19:00da boshlanadi

Bugun "Qo'qon-1912" klubning matbuot xizmati bo'limi vakili Anvarjon Oxunovning tug'ilgan kuni. Qo'qon futbolining jonkuyar insonlaridan biri bo'lmish - Anvarjon aka bugun 61 yoshga to'ldi. SHu munosabat bilan u kishini klubimiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub xodimlari va futbol muxlislari nomidan chin yurakdan tabriklaymiz. U kishiga sihat-salomatlik, kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz.

Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi 8 avgust kuni 19:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика