So’nggi yangiliklar

00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  0 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  6 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  2 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  12 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3

Vodiy futboli. Bugun "Neftchi" o'ynaydi Yangiliklar

Vodiy futboli. Bugun "Neftchi" o'ynaydi

Bugun oliy liganing 25-turida "Neftchi" klubi Qarshida "Nasaf" klubi mehmoni bo'ladi.
"Neftchi": Bugun "Nasaf"ga qarshi o'yin

Bugun Farg'onaning "Neftchi" klubi safarda "Nasaf" klubi mehmoni bo'ladi. Andrey Fyodorov boshchiligidagi jamoa ayni paytda 48 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasida bormoqda. Kecha yoshlar ligasi doirasidagi o'yinda "Nasaf" 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bugungi bahs soat 18:00da boshlanadi.


"Qo'qon-1912": Faxriylarimiz saralashdan muvaffaqiyatli o'tishdi

Xabaringiz bor, faxriylarimiz Respublika birinchiligi saralash bosqichida ishtirok etishayotgan edilar. Kecha jamoamiz azolari Namanganning “Navbahor” faxriylarini mehmonda 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, muddatidan oldin final bosqichiga yo'llanma olishdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida SHavkat Jo'raboev namanganliklar darvozasini ishg'ol etib, jamoamizga muhim g'alabani taqdim etdi.

Bundan oldingi turda “Qo'qon-1912” jamoasi “Markaziy” o'yingohda Andijon faxriylarini qabul qilishi lozim edi. Ammo mehmonlar o'yinga kelishmagani sababli faxriylarimizga texnik g'alaba yozildi. Natijada 5 o'yindan 15 ochko jamg'argan “Qo'qon-1912” faxriylar jamoasi mintaqada birinchi o'rinni naqd qilib qo'yishdi.

Oldinda yana bitta uchrashuv bor. Aniqrog'i, Farg'onada o'ziga xos “derbi” bo'lib o'tadi. Biroq bu o'yinda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar faxriylarimiz peshqdamlikni saqlab qolishadi.

Aytgancha, beshta o'yinda beshta g'alaba qozongan “Qo'qon-1912” faxriylari hali o'z darvozalaridan gol o'tkazib yuborishmadi. To'plar nisbati hozircha – 7:0. Bundan tashqari, bitta texnik g'alaba bor.


"Navbahor": Olimpiya terma jamoasiga yutqazdik

Kecha Namanganning "Navbahor" klubi Toshkentda O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

"Jar" stadionida bo'lib o'tgan bahsda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi.

"Lochinlar" 25-turni 16 oktyabr kuni safarda "Olmaliq" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика