"Vodiy futboli". Bugun bir yo'la ikkita vodiy derbisi!
21 okt 2015 12:52
Yangiliklar


"Vodiy futboli". Bugun bir yo'la ikkita vodiy derbisi!
"Navbahor" - "Qo'qon-1912"
“Navbahor” hamda “Qo'qon-1912” klublari oliy ligada shu kungacha 19 bor kuch sinashishgan. “Navbahor” 13ta o'yinda g'alaba qozongan. 4ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan.
“Navbahor” o'z maydonida o'tkazgan 9ta o'yinning barchasida g'olib chiqqan. "Qo'qon-1912" ushbu jamoa maydonidan umuman ochko ololmagan.
Malumot uchun, "Navbahor" va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi o'yin soat 16:00da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.
"Neftchi" - "Andijon"
“Neftchi” va “Andijon” oliy ligada 43 bor kuch sinashishgan. Katta ustunlik “Neftchi” tomonida. 32ta o'yinda “Neftchi” raqibni mag'lub etgan. Olti o'yinda “burgutlar”ning qo'li baland kelgan. Yana besh uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
“Neftchi” o'z maydonida "Andijon"ni 20 marta mag'lub etgan. “Andijon” Farg'onada umuman g'alabaga erisha olmagan. Faqat bir marta (2010 yil) "burgutlar" safardan durang bilan qaytishgan. So'nggi uch o'yinda "Andijon" "Neftchi" maydonida umuman gol ura olmagan.
Eslatib o'tamiz, "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvi 17:00da Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar