So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  7 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

"Vodiy futboli": Bobur Akbarov keyingi turni o'tkazib yuboradi, "Andijon" futbolchisi esa jarimaga tortildi Yangiliklar

"Vodiy futboli": Bobur Akbarov keyingi turni o'tkazib yuboradi, "Andijon" futbolchisi esa jarimaga tortildi

"Vodiy futboli" ruknida navbatdagi xabarlarni taqdim etamiz.

"Navbahor": Bobur Akbarov keyingi turni o'tkazib yuboradi

PFL rasmiy sayti 22-turni o'tkazib yuboradigan futbolchilar ro'yxatini taqdim etdi. Malum bo'lishicha, namanganliklar futbolchisi Bobur Akbarov O'zbekiston CHempionati 22-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.


"Neftchi": Murod Ismoilov murabbiylar shtabida qoladi

Bu haqida klub prezidenti Tohir Kapadze aytib o'tdi. Mutaxassisning malum qilishicha, Ismoilov o'z xohishiga binoan bosh murabbiylik lavozimidan ketish borasida ariza yozgan. Klub rahbariyatining qaroriga ko'ra endi jamoada bosh murabbiy vazifasini mavsum yakunigacha Andrey Fyodorov bajaradi. Murod Ismoilov esa unga yordam berib turadi.

SHuningdek, jamoa futbolchisi Abbos Maxstaliev keyingi "Bunyodkor"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda diskvalifikaciya sababli maydonga tusha olmaydi.


"Andijon": Ramazonov 3 ta o'yinga chetlatidi va jarimaga tortildi

PFL tartib-intizom qo'mitasi qarori: "Andijon" futbolchisi Umrillo Ramazonov  "Olmaliq" futbolchisining yuziga oyog'i bilan zarba bergani uchun 3 ta o'yinga chetlatilsin va jarimaga tortilsin.


"Qo'qon-1912": Aleksandr Kit jamoani tark etgan

Mavsum boshida murabbiylar shtabiga kelib qo'shilgan Aleksandr Kit ayni damda jamoa bilan birga emas. Olingan malumotlarga ko'ra darvozabonlar murabbiyi “Qo'qon-1912” bilan xayrlashgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика