So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

"Vodiy futboli": "Andijon" va "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarni boshlashdi Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Andijon" va "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarni boshlashdi

Vodiy klublari qisqa muddatli tatilni yakunlashdi.

"Andijon": Mashg'ulotlar boshlandi

Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan oliy ligaga qisqa tanaffus elon qilingan. 1 oktyabr kuni Namanganda “Navbahor”ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin futbolchilarga 4 kun dam berilgandi. Bugun jamoamiz o'z qarorgohiga yig'ilib mashg'ulotlarni boshladi.

25-turda jamoamiz 16 oktyabr kuni o'z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi. Mana shu o'yinga andijonliklar tayyorgarlikka bugundan kirishdilar. “Metallurg”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik jarayonida jamoamiz nazorat uchrashuvi o'tkazishi ham mumkin. Jarohat tufayli bir necha kun davolanish bilan band bo'lgan Rasul Rahmonov bugundan tarkibga qo'shilib mashg'ulotlarni boshladi.


“Qo'qon-1912” mashg'ulotlarga kirishdi

G'uzordagi uchrashuvdan keyin futbolchilarimizga kichik tatil berilgandi. O'sha tatil yakunlanib, mashg'ulotlar boshlandi. Kecha soat 16:00da “Qo'qon-1912” azolari “Markaziy” o'yingohda to'planib mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.

Kecha jamoamizning etakchilaridan biriga aylanib borayotgan, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi – Quvondiq Ro'ziev tug'ilgan kunini nishonladi. Mashg'ulotdan oldin klub azolari ushbu futbolchimizni tavallud ayyomi bilan tabriklashdi.

Kechagi mashg'ulot bir yarim soat davom etdi. Bugundan etiboran Rustam Abdullaev shogirdlari kuniga ikki mahaldan shug'ullanishadi. CHempionat bahslari yakuniga etgan sari qo'lga kiritiladigan har bir ochkoning qimmati oshib boraveradi. Buni yaxshi anglagan vakillarimiz mashg'ulotlarga zo'r berishmoqda.

Jamoamiz G'uzor shahriga bir qator mahoratli futbolchilarning jarohat olgani tufayli katta yo'qotish bilan borganidan xabaringiz bor. Lekin shunday bo'lsa-da, bir ochko qo'lga kiritilgani tahsinga loyiq. Bugungi kunga kelib, jarohatlangan o'yinchilarning aksariyati safga qaytgan. Faqat kechagi mashg'ulotda Bahodir Akramov va Furqat Hasanboevlar yakka holda shug'ullanishdi.

Oliy ligada yuzaga kelgan kichik tanaffusda o'yin amaliyotisiz qolib ketmaslik maqsadida murabbiylar shtabi nazorat uchrashuvini o'tkazishga qaror qilgan. Ayni damda sparring raqib bo'lishi mumkin bo'lgan jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu uchrashuv 9 oktyabr kuniga rejalashtirilgan. Raqib haqida keyinroq malumot berib o'tamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика