So’nggi yangiliklar

15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  0 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  2 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  14 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  12 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  7 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  4 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1

"Vodiy futboli": 4ta klubning sentyabr oyidagi o'yinlari haqida Yangiliklar

"Vodiy futboli": 4ta klubning sentyabr oyidagi o'yinlari haqida

Vodiy klublari qisqa tanaffusdan unumli foydalanishmoqda.

"Neftchi": Sentyabrda "Bunyodkor" va "Paxtakor" bilan o'ynaymiz

Murod Ismoilov boshchiligidagi "Neftchi" navbatdagi turda Jizzaxda "So'g'diyona" klubi mehmoni bo'ladi. So'ngra farg'onaliklar o'z muxlislari qarshisida "Bunyodkor"ni qabul qilishadi. 25 sentyabrda jamoa Samarqandda Bahrom Hakimov boshqarayotgan "Dinamo" klubi sinovidan o'tishadi. 24-turni "Neftchi" o'z uyida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.


"Qo'qon-1912": "Mashal", "Buxoro", "Qizilqum", "SHo'rtan" bilan o'ynaymiz

21-turda "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Mashal" bilan o'ynaydi. Keyingi turni Rustam Abdullaev shogirdlari safarda chempionat autsayderi "Buxoro" klubi mehmoni bo'lishadi. 23-turni jamoa Qo'qonda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi. Nihoyat 24-turda qo'qonliklar G'uzorda "SHo'rtan" bilan to'qnash keladi.


"Navbahor": Bu oyda vodiy derbisida o'ynaymiz

Namanganning "Navbahor" klubi 21-turni "Dinamo"ga qarshi safarda o'tkazadi. Keyingi turni jamoa o'z uyida "Paxtakor"ga qarshi Namanganda o'tkazadi. 23-turni "lochinlar" Qarshida "Nasaf" klubiga qarshi o'tkazishadi. Navbatdagi bahsni "Navbahor" o'z uyida vodiy derbisi doirasida "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.


"Andijon": Sentyabrda "Lokomotiv"ni qabul qilamiz

Yangi murabbiy boshchiligidagi "Andijon" 12 sentyabr kuni o'z uyida "Qizilqum"ni qabul qiladi. Keyingi turni "burgutlar" G'uzorda "SHo'rtan"ga qarshi o'tkazishadi. 25 sentyabr kuni jamoa "Lokomotiv" bilan Andijonda o'ynaydi. Keyingi turni Sergey Kovshov boshchiligidagi jamoa "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика