"Vodiy futboli": 4ta klubning sentyabr oyidagi o'yinlari haqida

Narzulla Saydullayev
4 sen 2015, 17:01
Vodiy klublari qisqa tanaffusdan unumli foydalanishmoqda.

"Neftchi": Sentyabrda "Bunyodkor" va "Paxtakor" bilan o'ynaymiz

Murod Ismoilov boshchiligidagi "Neftchi" navbatdagi turda Jizzaxda "So'g'diyona" klubi mehmoni bo'ladi. So'ngra farg'onaliklar o'z muxlislari qarshisida "Bunyodkor"ni qabul qilishadi. 25 sentyabrda jamoa Samarqandda Bahrom Hakimov boshqarayotgan "Dinamo" klubi sinovidan o'tishadi. 24-turni "Neftchi" o'z uyida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.


"Qo'qon-1912": "Mashal", "Buxoro", "Qizilqum", "Sho'rtan" bilan o'ynaymiz

21-turda "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Mashal" bilan o'ynaydi. Keyingi turni Rustam Abdullaev shogirdlari safarda chempionat autsayderi "Buxoro" klubi mehmoni bo'lishadi. 23-turni jamoa Qo'qonda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi. Nihoyat 24-turda qo'qonliklar G'uzorda "Sho'rtan" bilan to'qnash keladi.


"Navbahor": Bu oyda vodiy derbisida o'ynaymiz

Namanganning "Navbahor" klubi 21-turni "Dinamo"ga qarshi safarda o'tkazadi. Keyingi turni jamoa o'z uyida "Paxtakor"ga qarshi Namanganda o'tkazadi. 23-turni "lochinlar" Qarshida "Nasaf" klubiga qarshi o'tkazishadi. Navbatdagi bahsni "Navbahor" o'z uyida vodiy derbisi doirasida "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.


"Andijon": Sentyabrda "Lokomotiv"ni qabul qilamiz

Yangi murabbiy boshchiligidagi "Andijon" 12 sentyabr kuni o'z uyida "Qizilqum"ni qabul qiladi. Keyingi turni "burgutlar" G'uzorda "Sho'rtan"ga qarshi o'tkazishadi. 25 sentyabr kuni jamoa "Lokomotiv" bilan Andijonda o'ynaydi. Keyingi turni Sergey Kovshov boshchiligidagi jamoa "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia