"Vodiy futboli": 29-turdan oldin yo'qotishlar
03 noy 2015 15:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/187608_original.jpg)
![](/upload/storage/187608_220.jpg)
"Vodiy futboli": 29-turdan oldin yo'qotishlar
"Qo'qon-1912": "So'g'diyona" bilan o'yinga chiptalar sotuvga chiqdi
Payshanba kuni bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi.
CHiptalar 2 xil toifada bo'lib 5000 va 10 000 so'mdan sotilmokda.
SHuningdek, uchrashuvning boshlanish vaqti ham malum bo'ldi. Ertaga 14:00da o'rinbosarlar bahsi o'tkazilsa, asosiy tarkib uchrashuvi ham 5 noyabr kuni soat 14:00 da boshlanadi.
Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.
"Navbahor": G'uzorda Valijonov o'ynamaydi
Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 29-turida G'uzorning "SHo'rtan" klubiga qarshi o'tkazadi.
5 noyabr kungi o'yinda "lochinlar" yarim himoyachisi Otabek Valijonov maydonga tusha olmaydi. Sababi uning ogohlantirishlari 8taga etdi va diskvalifikaciya qilindi.
"Neftchi": "Buxoro"ga qarshi o'yinda ikkita yo'qotish
Farg'onaning "Neftchi" klubi 29-turni safarda oliy ligada qolish uchun kurashayotgan "Buxoro"ga qarshi o'ynaydi.
Uchrashuvda farg'onaliklar safida Mansur Saidov va Ro'zimboy Ahmedov ishtirok eta olishmaydi. Ularning ogohlantirishlari soni 4taga etgani bois diskvalifikaciya qilinishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar