So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  5 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

"Vodiy futboli": 17-turda ikkita g'alaba va ikkita mag'lubiyat Yangiliklar

"Vodiy futboli": 17-turda ikkita g'alaba va ikkita mag'lubiyat

Vodiy klublari 17-tur o'yinlarini o'tkazishdi.

"Andijon": "Mashal" mag'lub etildi

Oliy liganing 17-turida "burgutlar" Muborakning "Mashal" klubini qabul qildi. O'yin taqdirini ikkinchi bo'limda Iqbol Boboxonovning penaltidan urgan goli hal qildi - 1:0.

"Andijon" 4 o'yinlik mag'lubiyatli seriyadan so'ng g'alaba qozonib o'z ochkolarini 14taga etkazib oldi. Jamoa 13-pog'onada bormoqda.


"Navbahor": Bekoboddan g'alaba bilan


Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Navbahor" klubi Bekobodda "Metallurg" klubi mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda "lochinlar" 3:2 hisobida zafar quchishdi.

Qahramon Muhammadjonov, Dilshod Jabborov va SHahboz Erkinov tomonidan urilgan gollar "Navbahor"ga g'alaba keltirdi. Jamoa 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 8-o'riniga chiqib oldi.



"Qo'qon-1912": Toshkentda yirik mag'lubiyatga uchradik


"Paxtakor" mehmoni bo'lgan qo'qonliklar chempionga 1:4 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Vodiy klubi safida yagona javob to'pini ikkinchi davra boshida yana jamoaga qaytgan Otabek Haydarov kiritdi.

"Qo'qon-1912" 14 ochko bilan musobaqa jadvalining 14-pog'onasida bormoqda.


"Neftchi": "Lokomotiv"ga yutqazdik

Murod Ismoilov boshchiligidagi "Neftchi" ketma-ket ikkinchi o'yinda ham mag'lub bo'lishdi. Ikkinchi davrani G'uzordagi yirik mag'lubiyat bilan boshlagan farg'onaliklar bu safar "Lokomotiv"ga yutqazib qo'yishdi - 1:2.

Murod Bobojonovning bitta goli jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

Uch o'yindan buyon yuta olmayotgan "Neftchi" 33 ochko bilan 5-o'ringa tushib qoldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика