So’nggi yangiliklar

12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  9 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  0 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчилардан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  6 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  2 08:44"Манчестер Сити"ни Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчи тарк этиши мумкин  12 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  6 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  2 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  8 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  3

"Vodiy derbisida haqiqiy "bomba" o'yin bo'ladi" - 25-tur oldidan mutaxassis fikri Yangiliklar

"Vodiy derbisida haqiqiy "bomba" o'yin bo'ladi" - 25-tur oldidan mutaxassis fikri

Ertadan boshlab Superliganing 25-tur bahslariga start beriladi.

Kumush bronza va elitada jon saqlash yo'lida intriga hali yakuniga etgani yo'q. So'nggi ikki turda quyi va kuchli to'rtlik jamoalari ("Paxtakor"dan tashqari) bor kuchlarini safarbar qilishlari tayin. 

Biz esa odatdagidek ertangi tur oldidan mutaxassis Otabek G'ulomxo'jaevning fikrlariga quloq tutdik. 

"Qo'qon-1912" - AGMK

20.11.2021, 14:00. Qo'qon, "Markaziy" stadion

- Hozirgi holatda turnir jadvalidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, AGMK uchun uch ochko suv va havodek zarur. Olmaliqliklar ochko yo'qotishga haqqi yo'q. CHunki kumush medallari uchun kurashishmoqda. Bu o'yindan keyin so'nggi turda "So'g'diyona" bilan o'ynashadi. "Qo'qon-1912" o'z maydonida har doim yaxshi o'ynaydi. Baxtiyor aka faoliyat olib borgan klublarida har doim sharoitdan kelib chiqib kurashuvchan jamoa tuzgan. Mana shuni unutmaslik lozim. 

Imkoniyatlar: 40/60


"So'g'diyona" -"Nasaf". 

20.11.2021, 14:00. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 

- 25-turda jang va hissiyotlarga boy o'yin bo'lishi kutilayotgan to'qnashuv, deb ayta olaman. Birinchi davrada Qarshida, O'zbekiston kubogi chorak finalida nimalar bo'lganini ko'rgansiz. "So'g'diyona" uchinchi urinishda ochko yo'qotmaslikka harakat qilsa kerak. Bu o'yindagi mag'lubiyat jizzaxliklarni AGMK va "Nasaf"dan ochkolar borasida uzoqlashtiradi. So'nggi turda Olmaliqqa boradi. Ahamiyat bersangiz, "Nasaf"ning safarda "Surxon", o'z uyida "Qo'qon-1912" bilan o'tkazgan o'yinlarida farq bor. Agar Termizdagi kabi o'yin ko'rsatsa, "So'g'diyona"ning imkoniyatlari biroz baland bo'lishi mumkin. Maydon holati "ajdar"larga to'sqinlik qiladi, albatta. Jamoa chiroylik kombinacion futbol ko'rsatadi. Lekin kubokda maydonga qaramasdan penaltidan gol urib natijani taminlagandi. 

Imkoniyatlar: 50/50

"Lokomotiv" - "Paxtakor".

20.11.2021, 16:15. Toshkent, "Lokomotiv" stadioni

- "Paxtakor" chempion bo'lgani bilan, Toshkent derbisi nomi bor. Bu to'qnashuvda, "Lokomotiv"ning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Jamoa o'z uyida o'ynaydi. Piter Xyuistra ko'proq yoshlarga imkoniyat bermoqda. Yosh ijrochilar tushgani bilan klub shani uchun astoydil harakat qilishlari aniq. 

Imkoniyatlar: 60/40

"Bunyodkor" - "Surxon".

20.11.2021, 16:15. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni

- Ushbu bahsda tarozi pallasi ko'proq "Bunyodkor"ga yon bosmoqda. Jamoa o'z maydonida doim yaxshi o'ynaydi, to'pni nazorat qiladi. Har qanday raqib "Bunyodkor" stadionida qiynaladi. Biroq "Surxon" 22 ochko jamg'argan bo'lsa ham, Superligada qolishni to'liq hal qilmagan. SHu bois loaqal durang uchun o'ynashadi. "Nasaf" bilan uyda yaxshi o'yin ko'rsatdi. 

Imkoniyatlar: 60/40

"Andijon" - "Navbahor"

21.11.2021, 14:00. Andijon, "Bobur Arena". 

- Bu erda nafaqat "Andijon" g'alaba uchun borini beradi, balki "bomba" vodiy derbisi ham kutib turibdi. SHu kuni Namangandan ham ko'plab muxlislar kelishi kutilyapti.  Havo sovuq bo'lishiga qaramasdan stadiondan o'yinni minglab ishqibozlar kuzatib boradi. "Andijon" o'z muxlislari bilan istalgan jamoani yutishga qodir. "Navbahor" safida tajribali va mahoratli ijrochilar yig'ilgan. Ularda birinchi davradagi mag'lubiyat uchun ham revansh olish hissi bo'ladi. Jon saqlash uchun kurashayotgan "burgutlar"ga ochko juda zarur. SHu kuni maydonda tengkurash kechsa kerak, deb o'ylayman. 

Imkoniyatlar: 50/50


"Mashal" - "Qizilqum".

21.11.2021, 14:00. Muborak, "Bahrom Vafoev" stadioni

- "Mashal" o'z maydonida to'p tepadi. Uyda katta kuchni ishga soladi. Hozir shu o'yinda ochko ishlab olmasa, oxirgi o'yinda Termizga borib qiynaladi. 

Imkoniyatlar: 60/40

"Metallurg" - "Turon".

21.11.2021, 16:15. Bekobod, "Metallurg" stadioni

- "Metallurg" yangi murabbiy kelgandan keyin yomon o'ynamayapti. O'ylaymanki, jamoani bemalol tayyorlay oladi. CHunki FIFA kunlarida unda ancha vaqt bo'ldi. "Turon"da Igor SHkvirin ketdi. Hozir Bahrom Hakimov boshqarmoqda. Ikki jamoa safida yaxshi futbolchilar bor. Bekobodliklar o'ziga yarashadigan o'rinda emas. Ikkinchi davrada 1ta g'alaba juda kam degani. 

Imkoniyatlar: 60/40


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика