So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  6 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Vodil" klubi ustozi: "Safardagi uchrashuvda kuchli raqibga qarshi yomon o'yin o'tkazmadik" Yangiliklar

"Vodil" klubi ustozi: "Safardagi uchrashuvda kuchli raqibga qarshi yomon o'yin o'tkazmadik"

Farg'ona viloyati birinchiligi 4-turidan o'rin olgan “Yozyovon-Lochinlari”(Yozyovon) - “Vodil” (Farg'ona tumani) (4:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Abdurahmonov saytimizga intervyu berdi.

Bugungi raqibimiz Pro-Liga musobqalarida ishtirok etgan va yaxshi shakllangan jamoa edi. Jamoa boshqaruvidagi Salimjon Zokirov ham bir necha yillik tajribaga ega murabbiy hisoblanadi. Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. “Yozyovon-Lochinlari” agar shunday o'yin namoyish etsa, mavsum yakunida peshqadamlar safida bo'ladi. Bugun astoydil harakat qildik, jamoamiz yangi tashkil etildi, o'yindan-o'yinga shakllanib bormoqdamiz.

Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Tanaffus vaqtida shogirdlarimga futbol o'ynash kerakligini, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkinligini, 3:0 yutqazib turib, yakunda yutib ketgan jamoalar borligini tushuntirdim. Futbolchilarimiz ikkinchi bo'limda hisobni 3:3 ko'rinishiga keltirishgandi, afsus o'yin so'ngida yana gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda safardagi uchrashuvda kuchli raqibga qarshi yomon o'yin o'tkazmadik deb o'ylayman, barchaga rahmat – deydi SHuhrat Abdurahmonov

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика