So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  9 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

"Vodiy futboli". Uchta klub ham kubokdan chiqib ketdi Yangiliklar

"Vodiy futboli". Uchta klub ham kubokdan chiqib ketdi

Kecha vodiyning uch klubi O'zbekiston kubogi 1/8 finali javob uchrashuvini o'tkazishdi.
"Navbahor": "Lokomotiv"ga yutqazib qo'ydik

Namanganning "Navbahor" klubi kecha Kubok doirasida "Lokomotiv" bilan bellashdi. Ilk uchrashuvda 0:2 hisobida yutqazib qo'ygan "lochinlar" kecha o'z maydonida 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Dilshod Jabborov "temiryo'lchilar" darvozasiga urilgan yagona golga mualliflik qildi.

Malumot uchun, "Navbahor" 26 iyun kuni "SHo'rtan"ga qarshi oliy liganing navbatdagi tur o'yinini o'tkazadi.


"Andijon": Kubokdan chiqib ketdik

Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi kecha O'zbekiston kubogi nimchorak final bosqichi doirasida Bekobodda 0:4 hisobida mag'lub bo'lib musobaqadan chiqib ketdi. Jamoa endi 26 iyunda Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'ladi.


"Neftchi": "Buxoro" bilan o'yin soat 19:00da boshlanadi

Farg'onaning "Neftchi" klubi "Buxoro" bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Baxtiyor Yoqubov va Javohir Rasulov ushbu uchrashuvda jamoaga yordam bera olmaydi.

Ertaga yoshlar ligasi doirasidagi uchrashuv soat 18:00da Qirgulidagi stadionda bo'lib o'tadi. Asosiy tarkiblar o'rtasidagi bahs esa 19:00ga belgilandi.

 Eslatib o'tamiz, "Neftchi" - "Buxoro" o'yini 26 iyun kuni "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi.


"Qo'qon-1912": "So'g'diyona" keyingi bosqichga chiqdi

Qo'qonning "Qo'qon-1912" jamoasi kecha Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qildi. Dastlabki uchrashuvda "So'g'diyona" 1:0 hisobida zafar quchgandi. Kechagi javob bahsida ham Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa mag'lub bo'ldi - 1:2 va musobaqani tark etdi.

"Qo'qon-1912" oliy liganing 14-turini safarda aynan "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика