So’nggi yangiliklar

21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  47 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0

“Vodiy futboli”. “Neftchi”ning mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. “Neftchi”ning mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi

Vodiy futboliga oid xabarlarni berishda davom etamiz.
“Andijon”: G'alabadan keyingi engil mashg'ulot
Kecha “Andijon” jamoasi vodiy derbisida “Navbahor”ni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib muxlislarni xursand etdi.
Kechagi o'yindan keyin bugun engil mashg'ulot bo'lib o'tdi. Aniqrog'i, kecha maydonga tushmagan futbolchilar mashg'ulotlarda shug'ullanishdi. Bosh murabbiy jamoaga tatil bermadi va bugundan “Metallurg”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi. Albatta, ertalabki engil mashg'ulotdan so'ng kunning ikkinchi yarmida dam olishadi. Ertadan esa mashg'ulotlar jiddiy suratda boshlanadi.

“Qo'qon-1912”: Jalil Kimsanov keyingi ikki o'yinni ham o'tkazib yuboradi
8-turda “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsning 15-daqiqasida hakam tomonidan to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolangan Jalil Kimsanovni shundan keyin PFL tartib intizom qo'mitasi 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qildi.
29 yoshli futbolchi kecha Qo'qonda “SHo'rtan”ga qarshi kechgan bahsda ishtirok eta olmadi. Aytish lozimki, Kimsanov endi 10-turda “Lokomotiv” va 11-turda “Navbahor”ga qarshi kechadigan o'yinlarni ham o'tkazib yuboradi.

“Navbahor”: Bugun futbolchilarga dam berildi
Kecha oliy liga 9-doirasida “Navbahor” jamoasi “Andijon”ga safarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kechagi uchrashuvdan keyin bugun barchaga bir kunlik dam berilgan. Demak, ertadan yana mashg'ulotlarga kirishiladi.

“Neftchi”: Oliy ligadagi mag'lubiyatsiz seriyaga barham berildi
Kecha “Paxtakor”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan “Neftchi”ning oliy ligadagi mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi. SHu kunga qadar milliy birinchilik doirasida 9 ta o'yindan buyon yutqazmay kelayotgan Murod Ismoilov shogirdlarining chiroyli seriyasiga Samvel Babayan boshchiligidagi “Paxtakor” o'yinchilari barham berishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика