Vlaxovich Xolandga raqobat uyushtirishga tayyor ekanligini aytdi
21 sen 2021 09:38
Yangiliklar
Vlaxovich Xolandga raqobat uyushtirishga tayyor ekanligini aytdi
"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich Dortmundning "Borussiya" klubi o'yinchisi Erling Xoland bilan o'zini taqqosladi.
Serbning fikricha, u hozirda dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biridan juda ham ortda emas.
"Balki Xolandda dastlabki tezlik bo'yicha biroz ustunlik bordir, ammo qolgan barcha jihatlarda unga raqobat uyushtira olaman", - deydi futbolchi.
Qo'shimcha qilish kerakki, norvegiyalik Bundesliga doirasida joriy mavsum 5ta o'yinda 7ta gol urishga erishdi. Vlaxovich esa A Seriyada 4ta o'yinda 3ta gol urdi. O'yinchi yozda klubini o'zgartirishi mumkin edi, ammo uning "Atletiko"ga transferi amalga oshmay qoldi.
O’xshash yangiliklar
08:43
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi o'z mamlakatida 2024 yilning eng yaxshisi bo'ldi 1
Fikrlar