Vlaxovich Xolandga raqobat uyushtirishga tayyor ekanligini aytdi

Alisher
21 sen 2021, 09:38
"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich Dortmundning "Borussiya" klubi o'yinchisi Erling Xoland bilan o'zini taqqosladi.

Serbning fikricha, u hozirda dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biridan juda ham ortda emas.

"Balki Xolandda dastlabki tezlik bo'yicha biroz ustunlik bordir, ammo qolgan barcha jihatlarda unga raqobat uyushtira olaman", - deydi futbolchi.

Qo'shimcha qilish kerakki, norvegiyalik Bundesliga doirasida joriy mavsum 5ta o'yinda 7ta gol urishga erishdi. Vlaxovich esa A Seriyada 4ta o'yinda 3ta gol urdi. O'yinchi yozda klubini o'zgartirishi mumkin edi, ammo uning "Atletiko"ga transferi amalga oshmay qoldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: DAZN