Vlaxovich ketish yoki ketmasligini aniqlab oldi
29 avg 2021 08:10
Yangiliklar
Vlaxovich ketish yoki ketmasligini aniqlab oldi
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich A Seriya 2-tur doirasidagi "Torino" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
"Ushbu yozda haqiqatdan ham o'zim va klub uchun muhim taklif oldim, ammo hech qachon ketishni talab qilmadim. "Fiorentina"da qolishni xohladim va men qolaman", - deydi Vlaxovich.
Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, 21 yoshli serb "Atletiko" bilan kelishuvga erishgan. Ispan klubi futbolchi uchun 70 mln evrodan ortiq to'lashga tayyor edi.
Vlaxovich o'tgan mavsum "Fiorentina" tarkibida A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi va chempionatning eng yaxshi yosh o'yinchisiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar