Vlaxovich ketish yoki ketmasligini aniqlab oldi

Alisher
29 avg 2021, 08:10
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich A Seriya 2-tur doirasidagi "Torino" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

"Ushbu yozda haqiqatdan ham o'zim va klub uchun muhim taklif oldim, ammo hech qachon ketishni talab qilmadim. "Fiorentina"da qolishni xohladim va men qolaman", - deydi Vlaxovich.

Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, 21 yoshli serb "Atletiko" bilan kelishuvga erishgan. Ispan klubi futbolchi uchun 70 mln evrodan ortiq to'lashga tayyor edi.

Vlaxovich o'tgan mavsum "Fiorentina" tarkibida  A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi va chempionatning eng yaxshi yosh o'yinchisiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia