Vlaxovich "Fiorentina" bilan shartnomasini uzaytirishni rad etdi
17 avg 2021 18:01
Yangiliklar
Vlaxovich "Fiorentina" bilan shartnomasini uzaytirishni rad etdi
"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich klubi bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi.
O'yinchi uchun bosh davogar Londonning "Tottenxem" klubi hisoblanadi.
"Fiorentina" o'yinchini ushbu transfer oynasida sotishga tayyor, ammo klub hujumchi uchun 70 mln evro olmoqchi. "Tottenxem" Xarri Keyn jamoani tark etsa, londonliklar italyan klubi bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Vlaxovich "Fiorentina"ga "Partizan"dan deyarli 2 million evro evaziga o'tgandi. U joriy mavsumda 1ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar