Vlashich faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
09 iyu 2021 12:52
Yangiliklar
Vlashich faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
CSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashich faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
23 yoshli futbolchi bilan "Betis" klubi shartnoma imzolamoqchi. Sevilya klubi ustozi Manuel Pellegrining shaxsan o'zi xorvatni jamoasida ko'rmoqchi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining moskvaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Vlashich o'tgan mavsum Rossiya chempionati doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar