So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Vladimir Kozak 27 yoshda! Yangiliklar

Vladimir Kozak 27 yoshda!

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi, "Paxtakor" klubiga sadoqatli yarim himoyachi Vladimir Kozakning tavallud ayyomi.

Ham himoyada, ham yarim himoya chizig'ida bemalol to'p tepa oladigan universal futbolchi bugun o'zining 27 yoshini qarshi olmoqda. Volodyaning otasi Anatoliy Kozak ham taniqli futbolchi bo'lgan. O'z vaqtida Jizzaxning "Zvezda", To'raqo'rg'onning "Yoshlik", Namanganning "Kosonsoy" jamoalari safida to'p tepgan. 

Tabiiyki, Vladimirda millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish oilaviy muhit tasirida yuzaga kelgan. Futbolning ilk saboqlarini murabbiy A.Latibboevdan olgan. O'n olti yoshidayoq "Paxtakor" jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushgan. 2011 yilgi mavsumda ilk sovriniga ega chiqqan. U "Paxtakor" bilan chempionatning bronza medalini qo'lga kiritgan. 2012 yilda esa O'zbekiston chempioniga aylangan. Kozak chempionlik mavsumida jami 19ta o'yinda 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

 

\

"Paxtakor"ga sadoqatli futbolchi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida ishtirok etgan. Volodya 2013 yili Turkiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida terma jamoa sardori sifatida futbolchilarimizni maydonga boshlab tushgan.

Yodingizda bo'lsa, o'sha kichik mundialda Ahmadjon Musaev boshchiligidagi yoshlarimiz chorak finalga qadar etib borib, dunyoning kuchli sakkiz terma jamoasi safidan joy  olishgan edi. CHorak finalda Kozak va uning do'stlari tarkibida Pol Pogba bo'lgan Franciya terma jamoasiga 0:4 hisobida yutqazgan. 

"Biz uchun chorak finalgacha etib kelish tarixiy natija”, degandi o'sha uchrashuvdan so'ng jamoa sardori Vladimir Kozak FIFA.com saytiga bergan intervyusida.- Mag'lubiyatga uchrashimizga qaramay, biz ishtirokimizdan xursandmiz. O'yindan keyin murabbiy tabriklash emas, unga shunchalik xursandchilik taqdim etganimiz uchun yonimizga kelib minnatdorchilik bildirdi. Biz buni umuman kutmagandik va bundan hammamiz tasirlandik hamda unga qarsak chaldik. 



Menda musobaqadan avval uzoq muddat jarohat bor edi. Yakunda men musobaqaga 5 kuncha qolganida tiklandim hamda jamoam uchun foydali bo'lish uchun bor imkoniyatimni ishga soldim. Ilk uchrashuvda Yangi Zelandiyani 3:0 hisobida mag'lub etganimiz ishonchimizni oshirgandi. Agar bu turnirdan faqat bitta xotirani o'zi bilan olib ketish va uzoq muddat yodda saqlash imkoniyati bo'lsa, bu o'sha g'alaba bo'lardi. Bu eng muhim lahza edi. Bu g'alaba bizga, biz ushbu turnir darajasiga mos ekanligimizga ishonch berdi. Ushbu g'alabadan so'ng biz nimaga qodir ekanligimizni ko'rdik va Xorvatiyaga qarshi o'yinda undan ham yaxshiroq o'ynadik. 

CHorak final o'yinida uch nafar asosiy futbolchilarimiz maydonga tusha olmadi. Markaziy himoyachilar Sardor Rahmonov va Bobur Yo'ldoshevning diskvalifikaciya sabab, Jamshid Iskandarovning jarohat tufayli o'yinda ishtirok eta olmagani yirik mag'lubiyatimizga sabab bo'lgandi. To'g'ri, Franciya bizdan kuchli o'ynadi, ammo bizning kuchli tarkibimiz o'ynaganida natija boshqacha bo'lishi mumkin edi”.



16 yoshida multfilm tomosha qilgan Kozak

- 2009 yil 25 oktyabr Qarshidagi "Nazira" mehmonxonasidamiz, - deya eslaydi Nodirxo'ja Yuldashev. - "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan bir kun avval odatdagidek kun. Safardamiz, suhbatlashib o'tirgani Odilni xonasiga kirdim.

Allaqachon jamoa sardoriga aylanib ulgurgan Ahmedov xonadan chiqib ketgan, 16 yoshli Vladimir Kozak esa TVda multfilm ko'rib o'tirar edi. Kuldim, Kozak multfilm ko'rayapsanmi? Ha, aka (namangancha shevada) deb kulib qo'ydi. 4 kun avval 16 yoshida asosiy tarkibda debyut qilgan to'raqo'rg'onlik futbolchini hali yoshlik tark etmagan edi. Sodda bolada barchasi tabiiy edi.

Otasi Anatoliy 80-yillarda O'zbekistonga kelib "Kosonsoy" jamoasi safida javlon urgan edi. SHu-shu Namangan viloyatida qolib ketdi, keyinchalik To'raqo'rg'ondan uylandi. SHuning uchun ham Kozak o'zbek tilida ravon gapiradigan iymonli farzand sifatida voyaga etdi. 12 yoshida poytaxtga keladi va Dmitriy Kim qo'l ostida shug'ullana boshladi. Bu "Paxtakor"ning 1993 yilda tavallud topgan futbolchilarni jamlagan oltin avlodi edi. Bolaligini ko'p ham eslamayman, o'sha paytdayoq jamoa sardori edi.

Afsuski, yosh vunderkindni asray olmadik. Uni goh yoshlar terma jamoasiga, goh olimpiya, yana MTJga ham chaqirgan paytlari bo'ldi. Bu paytda u bor yo'g'i 17-18 yoshda edi. "Nagruzka" ko'payib ketdi. "Paxtakor" dam bersa bitta terma jamoaga, biri tugasa ikkinchisi boshlanaverdi va Kozakning bolalik yillari o'z yoshiga mos bo'lmagan og'ir yuklamalarni olishga qolib ketdi. Ikkinchi Odil Ahmedov bo'lishi kutilgan futbolchida 22 yoshga to'lganida orqaga ketish holati kuzatildi. CHunki 17-18 yoshida olgan noto'g'ri yuklamalarining asorati uning sog'lig'iga tasir qila boshladi. Biroz yuklamani oshirsangiz, tanasida kuchli og'riq paydo bo'la boshladi. Aynan shuning uchun u bugun xorijda emas, O'zbekistonda faoliyat olib borayapti.


"Metallurg" - "Paxtakor" - 1:1
21.10.2009. Oliy liga 25-tur.
Bosh hakam: Xotamov Arslon.
Gollar: 0:1 - Geynrix Aleksandr, 1:1 - Nagaev Ivan, 90+3
"Paxtakor": Jo'raev Timur, Berdimuradov Raxmatullo, O'runov G'ulom, Miladinovich Boyan, Xolmuhamedov Murod, Markovich Darko (Xolmatov Akmal, 73), Tojiev Farhod (Nikolich Milan, 40) (Xolmurodov Akmal, 90), Geynrix Aleksandr, Ahmedov Odil, Andreev Stanislav, Kozak Vladimir.


2008 yil Fomin, Sergeev va Kozak OCHL doirasigi uchrashuvda OFK bayrog'ini olib chiqishayapti

2009 yil 24 iyun. Vladimir Kozak 1993 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi Toshkent shahar chempionatining tur o'yinida "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda. Mazkur o'yinni kuzatish uchun "Paxtakor"ning o'sha davrdagi rahbarlari Botir Rahimov va Samvel Babayan ham tashrif buyurdilar va...


 

Va u oradan 4 oy o'tib "Paxtakor"ning asosiy tarkibida Bekobodda "Metallurg"ga qarshi kechgan o'yinni asosiy tarkibda, Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov, Boyan Miladinovich kabi yulduzlar bilan maydonga tushdi.

 Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Vladimir Kozakni saytimiz xodimlari va o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz!   


Kamoliddin Alimov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика