So’nggi yangiliklar

09:23Мбаппе Ямалнинг шахсий ҳаётига аралашётганларга мурожаат қилди  4 08:55Футзал. 3-турнинг марказий учрашувида йирик ҳисоб қайд этилди  0 08:27Элдор Шомуродов:"Ҳамма ҳам хато қилади"  5 07:59Каннаваро дебюти омадли чиққан Ўзбекистон - Қувайт учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  1 07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  11 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  1 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  3 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  9

Vladimir Bubanya: "Tezkor golimiz o'yin natijasini hal qildi. Joriy mavsum boshimiz uzra kubok ko'tarish nasib qilsin" Yangiliklar

Vladimir Bubanya: "Tezkor golimiz o'yin natijasini hal qildi. Joriy mavsum boshimiz uzra kubok ko'tarish nasib qilsin"

"Andijon" sardori Vladimir Bubanya "Navbahor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Derbi hech qachon oson bo'lmaydi. Birinchi bo'limdagi tezkor golimiz o'yin natijasini hal qildi deb o'ylayman. "Navbahor" dastlabki taymda vaziyatlar yarata oldi. Ikkinchi bo'limda esa biz raqibdan ustunroq ekanligimizni isbotladik. G'alaba loyiq edik. So'ngi ikki oyda jamoaning natijalari yaxshi emas edi. Ketma-ket duranglar qayd etayotgandik. O'z o'yimizda ham mag'lub bo'lishga ulgurdik. Bugungi uchrashuvga o'zgacha ishtiyoq bor edi. O'tgan mavsumda ham o'z o'yimizda "Navbahor"ni mag'lub etgan edik. Keyingi o'yinimiz kubok doirasida "Olimpik"ga qarshi bo'lib o'tadi. Kubok musobaqasi har doim o'zgacha turnir bo'lib kelgan. Sababi ushbu musobaqada ko'pchilikning imkoniyatlari teng. Pro-liga va Birinchi liga jamoalari ham kubok uchun davogarlik qilishadi. Men 2018 yilda OKMK bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganman. Joriy mavsum yana bir marotaba kubokni ko'tarish nasib qilsin. Muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Ular Osiyoda eng zo'rlari" - deya fikr bildirdi serbiyalik futbolchi


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика