Vitcel "Roma"ga o'tishga tayyor
31 mar 2016 01:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203231_original.jpg)
![](/upload/storage/203231_220.jpg)
Vitcel "Roma"ga o'tishga tayyor
Belgiya terma jamoasi va "Zenit" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitcel Rimning "Roma" jamoasiga o'tishga rozi.
Vitcel yozda "Zenit"ni "Roma"ga almashtirishga yaqin turibdi. Futbolchi Luchano Spaletti boshqaruvidagi "Roma"ga o'tishni istamoqda. Spaletti sabab Vitcel "Yuventus", "Manchester Siti" va "Milan" kabi jamoalarning takliflariga rad javobini bermoqchi. "Zenit" esa futbolchini 25 million evro evaziga qo'yib yuborishga rozi.
Eslatib o'tamiz, Luchano Spaletti qo'l ostida Vitcel "Zenit"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar