So’nggi yangiliklar

18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   3 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  1 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  34 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  1 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  2 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  51 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  13 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  69

Vitaliy Mirniy: "Andijon" juda xunuk ish qildi. FIFA mening foydamga qaror chiqardi" Yangiliklar

Vitaliy Mirniy: "Andijon" juda xunuk ish qildi. FIFA mening foydamga qaror chiqardi"

Ukrainalik darvozabon Vitaliy Mirnyy O'zbekistonda ikki mavsum o'ynadi. O'tgan yil o'z vataniga qaytgan darvozabon hamon "Andijon" bilan shartnomasida ko'rsatilgan pullarni ololmadi.

- "Andijon"dagi u qadar yomon bo'lmagan mavsumga qaramay hamon klubdan o'z pullaringizni ololmaganingiz rostmi?

- Afsuski shunday. "Andijon"da yarim yildan ko'proq maoshim qolib ketgan, nima uchun rahbariyat o'zini bunday tutganini haligacha tushunmayman. Turli mamlakatlarda o'ynaganman, ammo bunday vaziyatga ilk bor duch keldim. Yomon mavsum o'tkazmadim, doim bor kuchim bilan mashg'ulot qilardim va o'ynardim. Yarim yil davomida maosh olmaganimizga qaramay Superligada jon saqlab qolishga erishdik.

- Klub rahbariyatiga, Federaciyaga murojaat qildingizmi?

- Klubdagilar meni va boshqalarni faqat vada bilan "boqishdi". Keyin men O'FAga murojaat qildim. Atayin u erga borib ariza yozdim. SHunga qaramay qoidaga zid ravishda "Andijon"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berishdi, klubning qarzdorliklari yopilmagandi. Menga qarzning taxminan 3 foizini to'lashdi. SHundan keyin sukunat. SHunda men yurist orqali FIFAga murojaat qildim va mening foydamga qaror chiqarildi. Ammo hamon klubdan hech qanday javob yo'q, ikki oydan buyon kutayapman.



- Ammo FIFAning qaroriga ko'ra klubga yoqimsiz sankciyalar qo'llanilishi mumkin - ochkolar olib tashlanishi va quyi ligaga tushirib yuborilishi kabi.

- Bunday bo'lishini xohlamagan bo'lardmi. Sababi bu holatda futbolchilar va muxlislar jabr chekishadi. "Andijon"ning muxlislari juda ko'p, rostini aytsam aynan muxlislar tufayli ham oxirigacha jamoada qolib o'ynadim. Qiyin edi, oilam Ukrainada, men ularga pul jo'nata olmasdim. Ammo meni qo'llab quvvatlagan muxlislar hurmati uchun ham mavsum oxirigacha chidadim. Ularga doim rahmat aytaman va rahbariyat tufayli jabr chekishlarini istamayman.



- "Andijon"dan oldin Farg'onada ham o'ynagansiz to'g'rimi?

- Ha. U erda ham barchasi yaxshi edi. SHu bois Andijonga ko'chib o'tishga ikkilanmay rozi bo'lganman. O'zbekistonda yoqqan jihat - yaxshi chempionat, stadionlardagi ko'plab muxlislar. Andijondagi mavsum menimcha faoliyatimdagi eng yaxshilaridan biri edi, moliyaviy vaziyatni hisobga olmasak.

- Ayni paytda yangi klub qidirayapsizmi? Agar O'zbekiston klublaridan taklif bo'lsa borasizmi?

- Men "CHernomorec" klubida o'ynadim, ayni paytda erkin agentman. Ukrainada pandemiyadan keyin ko'plab klublarda moliyaviy muammolar bor. O'zbekistonga qaytishga tayyorman, ammo Andijonda sodir bo'lgan voqeadan keyin - 100 marta o'ylab ish tutaman. Boshqa futbolchilardan ham ehtiyot bo'lishlarini aytib qo'ymoqchiman.


Miron Goyxman suhbatlashdi

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика