So’nggi yangiliklar

17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  0 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  2 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  6 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  4 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  2 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5

Vitaliy Levchenko: "Jamoaga yana bir sifatli hujumchi jalb qilmoqchi edik, ammo bunday hujumchilarni O'zbekistonda o'ynashga ko'ndirish oson kechmadi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Jamoaga yana bir sifatli hujumchi jalb qilmoqchi edik, ammo bunday hujumchilarni O'zbekistonda o'ynashga ko'ndirish oson kechmadi"

Coca Cola Superligasi birinchi turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Bugun odatiy bahor o'yini bo'ldi. Jismonan biz o'yinga tayyor edik, sababi biz mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, sifatli yig'inlar o'tkazdik. Bizda raqib "Metallurg" jamoasining Toshkentda o'tkazgan barcha o'rtoqlik uchrashuvlari borasidagi malumotlar bor edi. Ushbu malumotlarni tahlil qildik, to'g'ri foydalandik. Bugun o'zimizning kuchli taraflarimizni ko'rsatdik va g'alaba qozondik. 

- Mavsumdagi birinchi g'alaba bilan tabriklayman. O'tgan mavsum "Neftchi" barqaror o'yin ko'rsatgandi. Bu yil jamoaga rahbariyat tomonidan qanday vazifa qo'yildi? Keyingi savolim shundan iboratki, murabbiy mavsum oralig'ida jalb qilingan yangi futbolchilardan qoniqdimi?

- Vazifaga kelsak, bizda doim yuqori marralar ko'zlangan. Hokimimiz ham ambiciyalari yuqori inson hisoblanadi. SHu sabab ham bizga eng yuqori vazifa qo'yiladi. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Futbolchilar masalasiga kelsak, kuzatgan bo'lsangiz jamoamiz o'z asosini saqlab qolgan. Yangi futbolchilarni tarkibimizga qo'shib oldik. Ular biz biroz kuchsiz deb o'ylagan poziciyalarga jalb etildi. Qisqa qilib aytganda, men tarkibga yangi qo'shilgan futbolchilardan qoniqdim. Ular har bir o'yinda qo'shib borishlariga ishonaman. Birinchi turda qo'proq baribir emociyalar va jismoniy kurash birinchi planga chiqdi. Kelgusida jamoa optimal formaga chiqib olishiga ishonaman. 

- Lutfulla To'raev qaydnomaga kiritilmadi. Uning ahvoli haqida malumot bersangiz...

- Lutfulla hozir o'zini yaxshi his qilmoqda. To'raev taxminan yana bir oydan so'ng umumiy jamoaga qo'shilishi mumkin bo'ladi. Operaciya muvaffaqiyatli kechdi. U tiklanish jarayonining dastlabki bosqichini Turkiyada o'tkazdi. Lutfulla jarohatini tiklab, optimal formasini tiklab olgandan so'ng jamoaga qo'shiladi. 

- Bugungi g'alabada muxlislarning o'rni qanday bo'ldi?

- Muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman. Ular bizni doim qo'llab-quvvatlashadi. Uy o'yinlarida ular ancha ko'proq bo'lishlariga ishonaman. "Neftchi" muxlislaridan Sobiq Ittifoq davridan beri barchaga malum bo'lgan muxlislik madaniyatini kutib qolamiz. "Neftchi" muxlislari futbolni sevishadi va yaxshi tushunishadi. 

- Anvar G'ofurovning jarohati haqida gapirsangiz...

- Anvar ham operaciya o'tkazdi. Bu uning esa jarohati bilan bog'liq ekan. Hozir u yugurishni boshlagan va formasini taklamoqda. 

- SHahzod Ubaydullaev va Obradovich jamoadan ketgandan so'ng hujum chizig'iga Bobojonov va Tabatadze olib kelindi. Bugun asosiy tarkibda Tabatadze maydonga tushdi. Asosiy hujumchi sifatida kimni ko'ryapsiz? 

- Ha, biz jamoaga Tabatadzeni olib keldik. Yana bir sifatli futbol qidirgandik. Bizga sifatli o'yinchilar kerak. SHarkichdan ham shu sabab voz kechdik. Unda o'yin amaliyoti kam edi, Oliver yarim yil futbol o'ynamagandi. Biz shu sabab yana bir sifatli hujumchi qidirgandik, ammo buning iloji bo'lmadi. Yaxshi hujumchilarni O'zbekistonda o'ynashga ko'ndirish oson kechmadi. Bu ishni endi yozda hal qilamiz. Aynan yuqoridagi sabab tufayli biz jamoaga mahalliy o'yinchini jalb qildik. Bobojonovni "Surxon"dagi o'yinlari orqali bilamiz. U bizning yig'inlarga kechroq qo'shildi va shu sabab ham optimal formaga kirishiga biroz vaqt talab qilinadi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика