So’nggi yangiliklar

16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  0 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  5 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  1 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 15:04Мусиала жароҳатдан тикланиш жараёни ҳақида гапирди  0 14:42Ферран Торрес Болгарияга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 14:20Факундо Торрес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда мураббий талаб қилган вазифаларни бажардик"  0 13:59"Эвертон" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  0 13:30"Арсенал", "Манчестер Сити" ва "Реал" германиялик ҳимоячига қизиқмоқда  0 13:03Таҳлил. Ўзбекистон терма жамоасида "перезагрузка": Каннаваро нимани ўзгартирмоқчи?  11 12:40Лапорта: "Агар Худо бор бўлса, у "Барса" томонида"  18 12:13"Галатасарой" Салоҳ билан шартнома имзолашни режалаштирмоқда  1 11:50Уругвай дарвозабони Ўзбекистонга қарши ўйинда қайси вазият қийинчилик тўғдирганини айтди  4 11:28Юрген Клопп Вирцни ҳимоя қилиб чиқди  4 10:50"Барселона" асосий футболчиси билан янги шартнома имзолайди. Товон пули 500 миллион евро!  3

Vitaliy Levchenko: "Hujumchilarimiz ko'p gol urishni boshlab yuborishdi. Kubokdagi raqibimiz ancha jiddiy" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Hujumchilarimiz ko'p gol urishni boshlab yuborishdi. Kubokdagi raqibimiz ancha jiddiy"

Superliga 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. "Bunyodkor" jamoasining "So'g'diyona"ga qarshi kechgan so'ngi uchrashuvini tahlil qilib chiqdik. Hujumda agressivroq o'ynashimiz kerak edi va ushbu vazifani uddaladik. Bugun chiroyli g'alaba qozondik.

- O'yin so'ngida bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi edingiz, ammo hakam vaqt qo'shmadi va o'yinni yakunladi.

- Maydonga tushirayotgan yigitlarimizga o'yin amaliyotini taqdim etmoqchi edik. Bizni FIFA kunlari kutib turibdi va bir nechta futbolchilarimiz terma jamoalariga yo'l olishadi. Keyingi uchrashuvlarda ularga albatta imkoniyat beramiz.

- Bugun Jasur Jaloliddinov va Diyor Turopovlarni tarkibda ko'rmadik. Bunga sabab nima?

- Uchta futbolchi. Manuchehr Safarov ham bugungi o'yinda ishtirok etmadi. Uch nafar futbolchimizda ham shamollash alomatlari kuzatildi. Futbolchilar ikki kun davomida davolanishdi. SHu sababli bugungi uchrashuvda ularga dam berdik. Yigitlar o'zini yomon his etishayotganini aytishdi.

- Ikkinchi bo'limda ko'p asabiylashdingiz. Juda emocional bo'lganingizga sabab nima?

- 2:0 hisobi biz uchun qulay edi. Hisobni ushlab qolishimiz kerak edi, ammo biz bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik. O'yin so'ngida esa yana bitta gol urdik va barchasi yaxshi tugadi.

- Ikki haftacha avval ijtimoiy tarmoqlaringizda "Neftchi" jamoasi hech kerak emasligini ko'rish siz uchun og'riqli ekanligi haqida fikr qoldirgan edingiz. Ushbu so'zlaringizda qandaydir mano bormi?

- Jamoada ichki muammolar bor. O'sha muammolarni hal etishimiz kerak. Bu haqda ommaga jar solishni istayman. Umid qilamanki barchasi tez orada to'g'irlanadi.

- "Neftchi" jamoasi O'zbekiston kubogida "So'g'diyona" jamoasi qarshi to'qnash keladigan bo'ldi. Raqib jamoa haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- "So'g'diyona" yaxshi holatda. Jizzaxliklar ketma-ket g'alabalar qayd etishayotgandi, ammo kecha bo'lib o'tgan bahsda ular mag'lubiyatga uchrashdi. Barchaga yoqadigan qiziqarli o'yin bo'lishi aniq. Bizlar uchun esa ushbu uchrashuvlar yana bir sinov. Ancha jiddiy raqibga qarshi maydonga chiqamiz.

- "Neftchi" jamoasi joriy mavsum Superligada birinchi marotaba 2tadan ko'proq gol urdi. Bunga sermahsullikning sababi nima?

- Biz yangi jamoa yig'dik. Futbolchilarning bir-birini tushunib olishiga biroz vaqt kerak. Biz mehnat qilmoqdamiz. Hujumchilarimiz ham ko'proq gol urishni boshlab yuborishdi. Yanada ko'proq gollar urishga harakat qilamiz.

- Ketma-ket ikkinchi mavsumdan buyon "Bunyodkor" jamoasini mag'lub etmoqdasiz. "Bunyodkor"ning hozirgi holatiga qanday baho berasiz?

- Raqib haqida bir nima deyish qiyin. "Qaldirg'och"larning murabbiylari bor va men ularning ishiga baho berishim noto'g'ri. Ushbu stadionda birinchi marotaba o'yin o'tkazdim. Maydon holati yaxshi ekan. O'tgan mavsum o'z o'yimizda g'alaba, ammo safarda mag'lubiyatga uchragandik. Murabbiylar shtabi va rahbariyat o'zaro kelishgan holda "Bunyodkor"ni yanada kuchaytirishiga ishonchim komil. Ikkinchi davrada ushbu jamoada yaxshiroq o'yin namoyish etishini taxmin qilaman.




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика