So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  57 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Vitaliy Levchenko: "Biz hozir bir mahoratli darvozabon transferi ustida ishlayapmiz" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Biz hozir bir mahoratli darvozabon transferi ustida ishlayapmiz"

Farg'onaning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko kecha jamoa muxlislari bilan tashkil etilgan "Dildan suhbat" rukni ostidagi onlayn chatda ishtirok etdi.

Saytimiz muxbiri mazkur chatda qatnashib, bosh murabbiyning fikrlaridan bir nechta iqtiboslarni yozib oldi. Quyida ushbu iqtiboslarning ayrimlari keltirib o'tilmoqda.

- "Dinamo" bilan o'yinda asosan yoshlar jamoalarimiz tarkibidan jalb etilgan yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazdik.

- Mamasidiqov "Navbahor" tarkibiga qo'shilgani haqida o'qidim. Jaloliddinov hozirda "Olimpik" yig'inida ishtirok etayapti.

- Biz hozir darajasi yuqori bo'lgan, sifatli futbol namoyish etadigan yana bir hujumchi varianti ustida ishlayapmiz.

- Har bir chiziqqa bo'ydor futbolchilar bilan ham to'ldirish maqsadimiz bor. Himoya, yarim himoya va hujumda bo'ydor futbolchilar bo'ladi albatta. Biz hozir o'rganayapmiz, taklif etilgan futbolchi bizning o'yin falsafamizga ham tushishi kerak.

- Rustam Yatimovga xorij klublaridan qiziqish bo'lgan. Rossiya chempionatidan "Rostov" taklif yuborgan. "Istiqlol" darvozabon uchun anchagina katta to'lov so'ramoqda.

- Biz hozir o'z qarashlarimizga mos kelgan mahoratli darvozabon bilan muzokara o'tkazayapmiz. Kelishuvga erishsak, jamoamiz safiga qo'shiladi. Bu darvozabon Yatimov emasligi aniq.

- Manuchehr Safarov xalqaro o'yinlar tajribasiga ega futbolchi. U farg'onalik muxlislarga har o'yinda quvonch taqdim etishiga umid qilayapmiz.

- Bizga taklif etilgan futbolchini jamoa murabbiylar shtabi tomonidan o'rganib chiqiladi. Har tomonlama o'ylab ko'rib, keyin qaror chiqaramiz va rahbariyatga taklif kiritamiz.

- Eng yaxshi murabbiy tanlovi butun jamoaniki. Xususan, farg'onalik muxlislarning ham ushbu etirofda alohida hissasi bor.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика