So’nggi yangiliklar

14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  0 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  9 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  2 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  10

Vitaliy Levchenko: "Bir ochko qo'lga kiritdik. Bundan xursandmiz" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Bir ochko qo'lga kiritdik. Bundan xursandmiz"

Coca Cola Superliga 4-turi doirasida OKMK bilan o'ynalgan durangdan keyin "Neftchi" jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirdi.


- Yaxshi o'yin bo'ldi. Ikkita yaxshi darajadagi jamoalar to'qnash keldi. Bizga gol urilgan vaqtda biroz etibor va koncentraciya etishmadi. Dastlabki gol urilgan vaziyatda raqiblar bu tariqa standartdan foydalanishini kutmagandik. Yana biroz diqqatni yo'qotib, ikkinchi golni ham qabul qilib oldik. Bu vaziyatdan chiqib ketish juda qiyin bo'ldi. Turnir jadvalida etakchi bo'lib turgandik. Bunday paytda raqiblar ikki karra yuqori kayfiyatda, o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatish uchun o'ynaydi. Yigitlardan mamnunman, ular xarakter ko'rsata olishdi. O'z navbatida bizni qo'llab-quvvatlab hujumga undagani uchun muxlislarga ham rahmat aytaman. Menimcha 2:2 hisobidagi durang adolatli natija bo'ldi.

- Bugun "Neftchi"ga "Paxtakor" yoki "Metallurg" bilan o'yindagi shijoat etishmadi.

- Sir emas hozir ramazon oyi. Yigitlarning organizmida yangilanish jarayoni bo'lmoqda. Balki shu sababdan ham ulardan ko'p narsani talab qilib bo'lmayapti. SHu sababli ularda o'sha o'yinlardagichalik katta kuch va ishtiyoq yo'q deb o'ylayman. 

- Hisob tenglashganidan keyin Akbar To'raev vaqtni cho'zishga harakat qildi.

- Yo'q. Biz o'z maydonimizda o'ynadik, muxlislarimizga g'alabani tortiq qilmoqchi bo'ldik. Sizga shunday ko'ringan bo'lishi mumkin. Butsalar bir-biriga to'qnashgandan keyin u jamoadoshining o'ziga kelib olishi uchun biroz to'pni ushlab turgandir. Vaqt cho'zdi degan fikrga qo'shilmayman. CHunki biz g'alaba qozonishni istadik. 

- "Neftchi" bir ochko oldimi yoki ikki ochko yo'qotdimi.

- O'yindan kelib chiqsak, biz bir ochko oldik. O'yin qiyin o'tdi. Bir ochkodan xursandmiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика