So’nggi yangiliklar

14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0 14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  1 14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03Сардор Рашидов учун мавсум тугади   3 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  15 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  9 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7

Vitaliy Denisov: "Terma jamoaga chaqirilmaganim murabbiy qarori va uning qarorini hurmat qilaman" Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "Terma jamoaga chaqirilmaganim murabbiy qarori va uning qarorini hurmat qilaman"

Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi “Krilya Sovetov” ikkinchi davraga tayyorgarlikning dastlabki qismini BAAda tashkil etdi.

Samaraliklar Abu Dabi shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borishdi. Yaxshi bilasiz, hozirda ushbu jamoa safida hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boryapti. Denisov huquqiy jihatdan Moskvaning “Lokomotiv” klubiga tegishli, hozir esa ijara asosida “Krilya” tarkibida to'p tepyapti.
BAAda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogini yoritish chog'ida fursatdan foydalanib Abu Dabi shahriga yo'l oldik va “Krilya Sovetov” istiqomat qilgan mehmonxonaga borib futbolchimizdan intervyu oldik. CHap qanot himoyachisi bir qator savollarga javob berar ekan, terma jamoamizning Osiyo Kubogidagi ishtiroki, musobaqaga taklif etilgan yakuniy ro'yxatdan joy olmagani hamda keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

- Vitaliy, Rossiya chempionatining ikkinchi davrasiga tayyorgarlik qanday ketyapti?
- Birinchi yig'inni Abu Dabida tashkil etdik. Ertaga ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib shundan so'ng indinga qaytib ketamiz. (Ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi Latviyaning “Riga” klubiga qarshi kechib, bunda “Krilya Sovetov” 1:0 hisobida zafar quchdi. Denisov bir taym harakat qildi. Suhbat 25 yanvar kuni bo'lib o'tgan - X.X.)

- BAAda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogida terma jamoamiz o'yinlarini kuzatish imkoni bo'ldimi?
- Faqat 1/8 finaldan o'rin olgan O'zbekiston - Avstraliya bahsining ikkinchi taymidan boshlab ko'rishga muvaffaq bo'ldim. Guruh bosqichi uchrashuvlarini bazi sabablarga ko'ra olmadim, chunki biz istiqomat qilgan mehmonxonada Osiyo Kubogini namoyish etadigan kanal topish imkoni bo'lmadi. SHu bois faqat matnli translyaciyadan xabardor bo'lib turdim. Avstraliya bilan kechgan bahsni hartugul ikkinchi taymdan boshlab internet orqali serb tilidagi sharh bilan kuzatib bordim.

- Terma jamoamizning musobaqadagi ishtiroki haqida nima deya olasiz?
- Umuman olganda guruhdan chiqishimiz shart edi va yigitlar buni uddlashadi. Keyin esa nimchorak finalda Avstraliyaga duch keldik. O'ylaymanki, uchrashuv o'ziga yarasha qiziq kechdi va butun jamoa 120 daqiqa borini berib o'ynadi. Penaltilar seriyasi esa bu doimgidek lotereya va afsuski, omadimiz kelmadi. Avstraliyaga qarshi bahs juda og'ir o'tdi deb o'ylayman. Ishtirok haqida nima deyishim mumkin, agar pley-offda boshqa raqibga tushganimizda uzoqqa bora olardik.

Ushbu musobaqada jamoamizning yangi ekani, bosh murabbiyning o'ziga yarasha qarashlari borligi ko'zga tashlandi. Albatta, yon daftarchadagi yozuvlarni birdaniga amalda qo'llash oson emas va buning uchun vaqt kerak. Hammamiz terma jamoadan doim yaxshisini kutamiz, bu galgi Osiyo Kubogida ham uzoqqa borishni maqsad qilgandik, lekin penaltilar seriyasi sabab nimchorak finalda to'xtashga to'g'ri keldi. Menimcha, terma jamoamiz to'liq yangi murabbiyga moslashishi uchun yana ozgina vaqt kerak deb o'ylayman.


- Avstraliyaga qarshi ko'rsatgan o'yinimiz haqida qanday fikrdasiz?
- Oson o'yin bo'lmagani shundoq ko'rinib turdi. Men odatda o'zim o'ynaydigan jamoa haqida fikr bildirmayman. CHunki biror gap aytish mushkul. Faqat chetdan ko'rib uchrashuv qiyin o'tganini aytishim mumkin. O'yin oxirigacha yigitlarni qo'llab turdim, bazan asabiylashdim, bazan o'zimni qo'yarga joy topa olmadim, lekin oxirigacha terma jamoamizdan umid qildim. Afsuski, penaltilar seriyasida omad yuz o'girdi.

- Terma jamoaga baho berish uchun siz uchun ham qiyin bo'lsa kerak, bir tomondan nimchorak finaldayoq chiqib ketdik. Lekin ikkinchi tomondan raqib Avstraliya edi.
- Avstraliyaning kuchli ekani ko'rinib turdi, qolaversa ular amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. Lekin Avstraliyada o'tkazilgan Osiyo Kubogidan beri oradan to'rt yil o'tdi va bu vaqt oralig'ida ularda ham jamoa o'zgardi. Ko'p futbolchilar ketib o'rnini boshqalar egalladi. To'rt yil oldingi Avstraliya bizga qarshi to'p tepgan jamoaga nisbatan kuchli edi deb hisoblayman. Biz bu jamoani mag'lub eta olarmidik yoki o'yinning o'zida yutqazib qo'yishimiz mumkinmidi - bu haqda biror gap aytishim mushkul.

- Bosh murabbiy Ektor Kuperning sizni Osiyo Kubogida ishtirok etadigan yakuniy ro'yxatga kiritmagani qanday tasir qildi?
- Bunga oddiy qaradim. Hech qanday salbiy xayolga bormadim. Bu haqda mendan “Sovetskiy sport” nashri xodimi ham so'raganida jamoada bosh murabbiy bor va qarorlarni u qabul qiladi deb javob berdim. Kimni o'ynatish avvalo bosh murabbiyga bog'liq, shu bois uning qarorini muhokama qilmagan maqul deb o'ylayman.


- Ichingizdan nimaga meni chaqirishmadi degan savol o'tdimi?
- Albatta, bunday savol o'tdi, lekin meni aniq chaqirishadi degan taxminda emasdim, shunchaki balki taklif bo'lib qolar deb umid qilgandim. Bir narsani to'g'ri tushunish kerak, men Ektor Kuper qo'l ostidagi faqat birinchi yig'inda qatnashdim. Keyingi yig'inlarda bazi sabablarga ko'ra ishtirok eta olmadim: jarohat, kam o'yin amaliyotiga ega ekanligim o'z tasirini ko'rsatdi. Yakunda bosh murabbiy meni chaqirmaslik qaroriga keldimi, demak bu uning to'liq huquqi. Men - futbolchiman, shu bois murabbiyga aql o'rgata olmayman. Jamoada hammasini bosh murabbiy hal qiladi.

- O'zingiz aytgandek, siz faqat avgust-sentyabrda o'tkazilgan Kuperning birinchi yig'inida ishtirok etdingiz. O'sha yig'in qanday taassurot qoldirdi? Har xolda xorijlik mutaxassis qo'l ostidagi ilk yig'in edi.
- Xorijlik murabbiy bilan ishlash men uchun yangilik emas. O'z vaqtida ispaniyalik Xuande Ramos qo'l ostida “Dnepr” klubida to'p tepganman. Men terma jamoamizning faqat bitta yig'inida qatnashdim va bosh murabbiy bilan alohida suhbatlashish imkoni bo'lmadi. Futbolchilar bilan gaplashish avvalo bosh murabbiyga bog'liq. Men esa shunchaki futbolchiman va murabbiy nima desa shuni bajaraman. Aytib o'tganimdek, bazi sabablarga ko'ra keyingi yig'inlarda qatnasha olmadim, biroz xafa bo'ldim, ammo murabbiyning qarori bo'lgani uchun muhokama qilmaslikni lozim topdim.


- SHundan so'ng oktyabr, noyabr va dekabr oylarida ham yig'in tashkil etildi. Terma jamoadan taklif kutdingizmi?
- Adashmasam, “Dinamo” bilan kegan bahsda sog'ayib safga qaytgandim. O'shanda jarohatdan qutilib umumiy jamoaga qo'shilganimga bir necha kun bo'lgandi. O'shanda Kuper bilan tarjimon yordamida telefon orqali gaplashdim. U mendan o'zingni qanday his qilyapsan deb so'ragan, men esa yaqinda jarohatdan tuzalib qaytdim degandim. To'liq tuzalib maydonga qaytishim uchun uch hafta kerak bo'ldi. Ektor Kuper shunchaki mening holatim bilan qiziqdi, terma jamoaga chaqirishi borasida gap bormagandi. Jarohatdan tuzalib qaytganimdan so'ng o'z maydonimizda “Dinamo”ga qarshi kechgan bahsda 70 daqiqa harakat qildim. Keyingi uchrashuvda esa to'liq o'ynadim.

- Hozir o'zingizni qanday his qilyapsiz?
- Juda alo darajada. Hammasi joyida va bundan juda xursandman. Nasib qilsa Rossiya chempionatining ikkinchi davrasiga to'liq tayyor bo'laman.

- Milliy terma jamoa bilan keyingi rejalar qanaqa? Mart oyidagi FIFA kunlarida terma jamoa yana yig'iladi.
- Men hali terma jamoa eshiklarini yopganim yo'q. Agar taklif bo'lsa jon deb boraman. Albata, har bir futbolchi terma jamoada o'ynashni xohlaydi va menga ham yana shunday imkoniyat berilsa bundan faqat xursand bo'laman.

- Menimcha, bu o'rinda ko'p narsa o'zingizga bog'liq.
- Nega menga?

- CHunki muntazam klubda o'ynab tursangiz bosh murabbiy baribir chaqirsa kerak.
- Bu to'g'ri, lekin murabbiyning qaroriga ham ko'p narsa bog'liq. Agar muntazam maydonga tushish amaliyotiga ega bo'lsam va terma jamoa bosh murabbiyi tomonidan taklif bo'lsa bunga aslo yo'q demayman.


- Hozir ko'pchilik Ektor Kuper haqida ikki xil fikrda. Kimdir Kuperni himoyaviy o'yin ko'rsatganlikda ayblamoqda, kimdir avval himoyani to'g'ri yo'lga qo'yishib olishimiz kerak deb murabbiyning yonini olyapti. Bu borada siz nima deya olasiz? Terma jamoamizga qanday uslub kerak?
- Qanday uslub kerak deysizmi? Afsuski, futbolchi sifatida bu savolga javob bera olmayman. CHunki men hamon futbol o'ynayapman va boshqa futbolchilar qatori men ham murabbiy nima desa shuni bajaraman. Balki keyinchalik murabbiy bo'lgan taqdirimda bu savolga javob berishim mumkin. O'FA rahbariyati Ektor Kuperga ishonch bildirib bosh murabbiy etib tayinladimi, demak rahbariyat qaroriga hurmat bilan qarashimiz kerak. Har qanday jamoada yangi mutaxassis ish boshlaganidan keyin uni tanqid qiluvchilar, shu bilan birga uning yonini oluvchilar topiladi. Hozirgi sharoitda murabbiyni qo'llab-quvvatlashimiz kerak deb o'ylayman.

- Darvoqe Avstraliya bilan bahsda qanday futbol ko'rdingiz? Himoyaviymi?
- Terma jamoamiz ko'rsatgan o'yinni himoyaviy demagan bo'lardim. Yigitlar taktik tomonlama murabbiyning ko'rsatmalarini  bajarishga harakat qilishdi. Aslida bahs ikkala tomon uchun ham oson kechmadi. Bilasizmi, bunday sharoitda 120 daqiqa futbol o'ynash juda qiyin. Faqat bazi sabablarga ko'ra omad bizdan yuz o'girdi deya olaman.

- Keling, endi klubga doir savollarga o'tsak. Malumki, huquqiy jihatdan Msokvaning “Lokomotiv” klubiga tegishlisiz va ayni paytda ijara asosida “Krilya Sovetov”da faoliyat olib boryapsiz. Yaqinda sizga Toshkentning “Lokomotiv” klubidan qiziqish bo'lgani haqida xabar tarqaldi.
- Bu savolga javobni izohsiz qoldiraman. Faqat shuni aytishim mumkin, hozirda “Krilya Sovetov” azosiman va mavsumning ikkinchi yarmiga shu jamoa safida tayyorgarlikni davom ettiryapman.


- Balki kelajakda O'zbekiston chempionatiga qaytishingiz mumkinmi?
- O'zbekiston chempionatida bir daqiqa ham o'ynamagan futbolchi sifatida shuni aytishim mumkin, kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

- Ko'p narsa mavsum yakuniga etganidan so'ng hal bo'ladimi?
- CHempionat tugaganidan keyin yana “Lokomotiv” Moskva ixtiyoriga qaytaman va shundan so'ng murabbiylar shtabi bilan klub rahbariyati men to'g'rimda qaror qabul qilishadi.

- Agar bu mavsum “Krilya Sovetov” chempionatni 9-10 o'rinlarda tugatsa bu qoniqarli natija bo'ladimi?
-Avvalo shuni aytish kerak, jamoa o'tgan mavsum birinchi ligadan Premer-ligaga chiqdi. Bunday vaziyatda jamoa oldiga birinchi mavsumda yuqori divizonda o'z o'rnini saqlab qolish vazifasi qo'yiladi. Keyingi mavsumlardan esa evrokuboklar uchun harakat qilish mumkin. Hozircha birinchi davradan keyin jamoa 13-o'rinni egallab turibdi va nasib qilsa ikkinchi davrada o'zimizni ko'rsatib mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlaymiz.

- Vitaliy, vaqt ajratib intervyu berganingiz uchun rahmat. Sizga keyingi faoliyatingizda omad tilab qolamiz. 

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика